Читать онлайн книгу "Tom Soyerning boshidan kechirganlari"

Tom Soyerning boshidan kechirganlari
Mark Tven




Mark Tven

Tom Soyerning boshidan kechirganlari











Birinchi bob

TOM O�YNAYDI, URUSH-TO�POLON QILADI, YASHIRINADI


– Tom!

Hech kim javob bermadi.

– Tom!

Hech kim javob bermadi.

– Qayoqqa gumdon bo�ldi ekan bu tirmizak?.. Tom!

Kampir ko�zoynagini burniga tushirib, uning ustidan butun uyni ko�zdan kechirib chiqdi; so�ngra ko�zoynagini peshonasiga ko�tarib qo�ydi-da, uning tagidan qaray boshladi. U, bolaga o�xshagan kichik bir narsani qidirishga to�g�ri kelganda, hech vaqt ko�zoynagi bilan qaramas edi, chunki bu, qalbidan sevgan birdan bir takallufli ko�zoynagi bo�lib, u chinakam zaruratdan emas, balki «olifta» ko�rinish uchungina taqilar edi. Kampir pechkaning mo�risidan ham xuddi shu taxlitda mo�ralay olar edi. Dastlabki daqiqada u go�yo hovliqib qolganday bo�ldi va unchalik jahl bilan aytmasa ham qattiq ovoz bilan:

– Shoshma, qo�limga tushib qolarsan, men seni…– deb qo�ydi.

U so�zini aytib tugatmadi, chunki xuddi shu vaqtda engashib olib pol yuvadigan cho�tka bilan karavot tagini zo�r berib axtara boshlagani uchun nafasi tiqilib qolgan edi. U karavot tagidan mushuk bolasidan boshqa hech narsa topa olmadi.

– Qanday yaramas bola ekan-a! Bunday bolani umrimda ko�rgan emas edim.

U lang ochiq turgan eshik yoniga keldi va ostonada to�xtab, bog�dagi bangidevona o�tlar hamda pomidor ko�chatlari orasidan Tomni sinchiklab qidira boshladi. Tom u yerda yo�q edi. Keyin yana bir marta qattiqroq tovush bilan:

– To-o-m! – deb qichqirdi.

Orqa tomonda bir narsa shitirladi. U qayrilib qararkan, endigina qochmoqchi bo�lib turgan bolaning yengidan mahkam ushlab oldi.

– Ana, aytmadimmi! Men bir karra shu omborni qarashim kerak edi-ya! Hoy, sen bu yerda nima qilib yurib eding?

– Hech narsa.

– Hech narsa deysanmi? Qo�llaringni qara, og�zingni qara nimaga bo�yab olgansan?

– Bilmayman, xola!

– Sen bilmasang, men bilaman! Murabbo yegansan, bildingmi! Men senga bu murabboga tegma, agar tekkuday bo�lsang, xipchin bilan savalayman, deb qirq marta aytgan edim. Qani, xipchinni menga ber-chi!

Xipchinning shipillagan ovozi havoni yorib o�tdi. Kaltak yeyish xavfi aniq edi.

– Voy, xola, ana uyoqqa qarang, orqangizda turgan narsa nima?

Kampir qo�rqqansimon orqasiga endigina qayrilib qaragan va xavfli balodan qutulish uchun, etagini yig�ishtira boshlagan ham ediki, bola lip etib qochdi-da, baland taxta devor ustidan oshib, yugurganicha ketdi.

Polli xola biroz hayron bo�lib turdi-da, keyin sekingina kulib qo�ydi.

– Obbo, tirmizagey! Nahotki, men uning bunaqangi ishlarini shu choqqacha fahmlamasam-a? U meni ozmuncha ahmoq qildimi? Ammo, ko�rinib turibdiki, qari odam barcha ahmoqlardan ham ahmoqroq bo�lar ekan. Qari itni yangi qiliqlarga o�rgatib bo�lmaydi, degan so�z bejiz emas ekan. Biroq Tomning qiliqlari ham har xil: hech qaysisi bir-biriga o�xshamaydi, shunday bo�lgandan keyin, uning nima qilmoqchi bo�lib yurganini bilib bo�ladimi? U jahlim chiqqan choqda dumini xoda qiladi, yoki qanday qilib bo�lsa ham meni kuldiradi va shundan keyin butun g�azabim tarqaladi-yu, unga tirnog�imni ham tegiza olmayman. Men zimmamdagi vazifani bajara olmayotirman, xudo gunohimni kechirar. Bolani kaltaklamagan odam uni halok qilishligi muqaddas kitobda aytilgan[1 - Kampir Tavrotni muqaddas kitob deb biladi.].








Men uni sho�x o�stirganim uchun gunohkorman axir; buning uchun biz har ikkimiz ham jazolanajakmiz. Uning miyasi har xil yomon o�ylar bilan band ekanligini bilganim bilan nima qila olar edim? Axir, u rahmatli singlimning o�g�li-da, shuning uchun uni kaltaklashga qo�lim bormaydi! Har doim men uning ta’zirini bermay, qochirib yuborganimda, vijdonan azoblanamanki, uni aytib ham berolmayman, agar uni jazolasam, achinganimdan ko�nglim pora-pora bo�ladi. Muqaddas kitobda to�g�ri aytilgan, odamzodning umri kalta va g�am-g�ussa bilan to�la. Xo�p, mayli! U bugun saboqdan qochib, maktabga bormadi: tushki ovqat vaqtidan kechgacha tentirab yuradi, ertaga esa unga jazo berishga – uni qiyin bir ishga o�tqazib qo�yishga to�g�ri keladi. Yakshanba kunlari, bolalarning hammasi bayram qilib o�ynab yurgan vaqtlarida, uni ishlashga majbur qilish – rahmsizlik bo�lar, lekin boshqacha iloj yo�q: uning yomon ko�rgan narsasi – ish. Axir, men qachon bo�lsa ham unga nisbatan o�z vazifamni ado qilishim zarur-ku, aks holda bu tirmizak butunlay buzilib ketadi.

Tom chindan ham kun bo�yi shataloq otib o�ynab yurdi va vaqtini juda xushchaqchaqlik bilan o�tkazdi. U, xizmatkor negr bolasi Jimga ertangi kun uchun o�tin arralab, tutantiriqlar tayyorlab qo�yish ishiga yordamlashishi yoki (aniqroq qilib aytganda) Jimga o�zining boshidan kechirganlarini so�zlab berishi kerakligi uchungina uyga qaytib kelgan edi. Tomning ukasi Sid (o�gay ukasi), u kelgan vaqtda o�z ishlarini bitirib qo�ygan edi (unga tarasha va payrahalar to�plab qo�yish buyurilgan edi), chunki u itoatli, kattalar oldida hech vaqt sho�xlik qilmaydigan bir bola edi.

Tom o�zining kechki ovqatini yer va bir bo�lak qand o�g�irlab olish uchun payt poylab o�tirar ekan, Polli xola, Tom o�z og�zidan ilinib, qilgan ishlarini aytib berarmikan, degan umidda unga dudmol savollar berar edi. Ko�p soddadil kishilarga o�xshab, u ham hech mag�rurlanmasdan, o�zini juda hiylakor bir ayol hisoblardi va o�zining eng sodda maqsadlarini ham o�taketgan hiylakorlik, deb sanar edi.

– Tom deyman, – dedi u, – bugun maktab juda isib ketgan bo�lsa kerak, shunday emasmi?

– Ha, xola, ancha issiq bo�ldi.

– Rostanam isib ketdimi?

– Ha, xola juda isib ketdi.

– Daryoda cho�milging kelgandir-a, Tom?

Tomning ko�nglida shubha paydo bo�ldi. U diqqat bilan Polli xolaning yuziga tikildi, lekin uning yuzlaridan hech narsa anglayolmadi. Tom esa javob berdi:

– Yo�q, xola, cho�milgim kelmadi.

Kampir qo�lini cho�zib, Tomning ko�ylagini ushlab ko�rdi.

– Har holda, – dedi kampir, – unchalik terlamabsan.

Kampir o�z nazarida Tomning ko�ylagi quruqligini qanday ustalik bilan bila olganiga va o�z miyasida nimalar borligi to�g�risida hech kim hech narsani xayoliga ham keltirmaganligiga mag�rurlanar edi. Biroq Tom shamolning qaysi tomonga qarab esayotganini payqagan edi. U bundan keyingi so�roqlarning oldini olib:

– Maktabimizdagi bolalarning hammasi salqinlanish uchun boshlarini suvga tiqib oldilar. Ko�rdingizmi, shuning uchun ham sochlarim haligacha ho�l, – dedi.

Polli xola ranjigan edi: qanday qilib u, shundoqqina aybini fosh qilib turgan dalilni qo�ldan berib qo�ydi? Biroq shu zamon uning miyasiga yangi bir fikr keldi.

– Tom, boshingni ho�llash uchun, yoqangdagi men tikib qo�ygan yerni so�kishga to�g�ri kelmadimi, axir? Qani, yoqangni ko�rsat-chi?

Tomning yuzidagi qo�rquv yo�qoldi. U, nimchasining tugmalarini yechdi. Ko�ylagining yoqasi mahkam tikilganicha turar edi.

– Ha, yaxshi, barakalla! Men seni maktabga bormay, cho�milib yurgandirsan, deb o�ylagan edim. Sen mug�ombir bo�lsang ham, ba’zan o�ylagandan ham yaxshi bola bo�lib ketasanki, asti qo�yaber.

Polli xola o�zining hiylalari chippakka chiqqanligidan juda xafa bo�lsa hamki, ayni zamonda Tomning shu kundan boshlab gapga kiradigan bo�lib qolganligi uchun juda xursand edi.

Shu orada Sid oraga suqildi.

– Agar men yanglishmasam, – dedi u, – siz uning yoqasini oq ip bilan tikkan edingiz, hozir esa unda qora ip ko�rinadi.

– Ha, aytgandek, men oq ip bilan tikkan edim-a, Tom!

Biroq Tom, bu so�zni oxirigacha tinglab o�tirmadi, lip etib qochib, chiqib qichqirdi:

– Sid, ha, senimi, bu qilgan ishing uchun mendan ko�rguligingni ko�rarsan!

Tom bir pana yerga bekinib olib, nimchasining yoqasi ostiga qadab qo�yilgan va iplar taqilgan ikkita katta ignani ko�zdan kechirdi. Ignaning biridan oq ip, ikkinchisidan esa qora ip o�tkazilgan edi.

– Shu Sid bo�lmasa, xolam ham payqamas edi. Ha shayton, u axir, har xil ip bilan tikadi-da, goho oq ip bilan goho qora ip bilan, uning qanday ip bilan tikkani esimda turadimi? Koshki, u bir xil ip bilan tiksa!… Har holda bu qilgan ishi uchun Sidning ta’zirini beraman-a!

Tom ibrat bo�ladigan odobli bola emas edi. Ammo kim ibratli bola ekanligini u yaxshi bilar va undaylarni ko�ra olmas edi.

Oradan ikki daqiqa o�tar-o�tmas, u, o�zining butun xafachiliklarini unutib yubordi. Bu xafachiliklar odatda katta kishilarni qiynaydigan xafachiliklarga qaraganda og�ir bo�lgani uchun emas, balki xuddi shu daqiqada uning boshiga katta qayg�u tushib, xafachiliklarni siqib chiqargani uchundir. Katta kishilar biror narsa bilan qiziqsalar, ular ham shuningdek xafachiliklarni unutib yuboradilar.

Tomni hozirgi vaqtda ko�rkam bir ish qiziqtira boshladi. U o�ziga tanish bo�lgan bir negrdan g�alati qilib hushtak chalishni o�rgandi, shu ish ustida bemalol mashq etishni xohlar edi. Negr qush ovoziga o�xshatib hushtak chalar va u juda g�alati chiqar edi. Buning uchun tilni tanglayga tez-tez tegizib olish kerak edi.

U, ko�chada quvonib, shaxdam qadamlar bilan gurs-gurs yurib borar edi. Og�zini to�latib-to�latib, yoqimli, ohangdor hushtaklar chalar va qalbi minnatdorchilik bilan to�la edi. U o�zini, osmonda yangi sayyora kashf etgan astronom kabi his qilar, ammo uning quvonchi o�ziga xos edi.

Yoz kunlarining kechki paytlari ancha uzoq bo�ladi. Hali kun yorug� edi. Tom birdan hushtagini to�xtatdi. Uning oldida o�zidan kattaroq, begona bir bola turar edi. Kichkina, qashshoq shaharcha – Sankt-Peterburgda[2 - Amerikaliklar o�zlarining kichik shaharchalarini poytaxtlarning ulug� nomlari bilan atashni yaxshi ko�rardilar. Ularda bir necha Parij, uch to�rtta Quddus, Stambul bor va hokazo. Bu kitobda tasvir etilgan shaharchani ular o�sha vaqtdagi Rossiya imperiyasi poytaxtining nomi bilan ataganlar.] paydo bo�lgan har bir yosh-dagi yangi odam Tomni qiziqtirar edi. Buning ustiga bola, bayram bo�lmasayam yaxshigina kiyingan! Mana shu ahvol kishini juda ham hayron qoldirardi-da! Uning boshida chiroyli qalpoqcha, ustidagi ko�k movutdan tikilgan nimchasi ham shimiga o�xshab qaddi-qomatiga juda kelishgan, butun tugmalari qadalgan, yap-yangi va ozoda edi. Oyoqlariga chiroylikkina kavush kiygan. Hattoki bo�yniga och rang lentadan galstuk ham taqib olgan. Umuman, shaharning olifta yigitlariga xos qiyofasi bilan Tomning g�ashini keltirar edi. Tom bu ajoyib qiyofali bolaga qancha tikilib qarasa, u shuncha tumshug�ini yuqoriroq ko�tarar va uning ustidagi kiyimlarini mensimagandek bo�lardi, Tomga esa o�zining kiyimlari avvalgisidan ham eskiroq ko�rinar edi. Ikkov bola ham bir-birlariga churq etishmay turaverdilar. Biroq ularning biri bir qadam siljishi bilan, ikkinchisi ham uning yon tomoniga bir qadam qo�zg�alib qo�yar edi. Shu zayilda ular, bir-birlarining ko�zlariga tikilishib, yuzma-yuz turaverdilar. Nihoyat, Tom:

– Olishsam, seni urib tashlayman, – dedi.

– Qani, urib ko�r-chi!

– Nima qilar eding, uraman!

– Urib bo�psan!

– Uraman!

– Yo�q, urolmaysan!

– Yo�q, uraman!

– Yo�q, urolmaysan!

Ular o�rtasidan bir nafas g�arazli jimjitlik hukm surdi. Nihoyat, Tom:

– Sening oting nima? – deb so�radi.

– Ishing nima?

Shoshmay tur, men senga ko�rsatib qo�yaman!

– Kuching yetsa, nimaga qarab turibsan?

– Yana ikki og�iz so�z aytib ko�r-chi, adabingni berib qo�yaman.

– Ikki og�iz so�z! Ikki og�iz so�z! Ikki og�iz so�z! Ana, aytdim! Xo�sh?

– Ajab chaqqon ekansanmi! Agar men seni urishni xohlasam, qo�limning bittasini orqamga bog�lab qo�yib, bitta qo�lim bilanoq urib tashlar edim.

– Xo�sh, nega endi urmaysan?

– Shunday qilib g�ashimga tegabersang, albatta, uraman-da!

– Eh-e-e! Sendaylarning ko�pini ko�rganmiz!

– Oliftagarchiliging bilan juda katta kishi bo�lib ketdim, deb o�ylaysanmi? Qalpog�ingni qara-yu!

– Qani, kuching yetsa shu qalpog�imni boshimdan urib tushir-chi? Keyin mendan ta’ziringni yeysan…

– Yolg�on aytasan!

– O�zing yolg�onchisan!

– Po�pisa qilishdan boshqani bilmaysan, o�zing esa qo�rqoqsan!

– Ha, yaxshi, jo�na, jo�nab qol!

– Hoy, menga qara: agar sen yana g�ashimga tegsang, kallangni uzib tashlayman.

– Ohho, kallamni uzib bo�psan!

– Albatta, uzib tashlayman!

– Qani, uzib tashlay qol, nimani kutib turibsan? Do�q qilasan-u, qo�lingdan hech narsa kelmaydi, bundan chiqdi qo�rqoq ekansan-da!

– Qo�rqish xayolimda ham yo�q!

– Yo�q, qo�rqoqsan!

– Yo�q, qo�rqmayman.

– Qo�rqasan!

Yana jimjitlik hukm surdi. Bolalar bir-birlari atrofida aylanishib, yana bir-birlariga qaray boshladilar.

Nihoyat, bir-birlariga juda yaqinlashib, yelkama-yelka kelib turdilar.

– Yo�qol bu yerdan! – dedi Tom.

– O�zing yo�qol!

– Men ketmayman.

– Men ham ketmayman!

Shunday qilib, ular yuzma-yuz turishdi; har birlarining oyoqlari orasidagi oraliq bir xil burchak tashkil qildi. Ular bir-birlariga g�azab bilan tikilishib, kuchlari boricha olisha ketdilar. Lekin ikkovlari ham bir-birlarini yenga olmadilar. Ular shunchalik uzoq mushtlashdilarki, yuzlari o�t kabi yonib, qip-qizarib ketdi. Garchi ularning har biri xezlanib tursa hamki, endi ular biroz hovurlaridan tushdilar, shu paytda Tom:

– Sen qo�rqoq laycha kuchuksan. Qarab tur hali akam kelsa chaqaman. U seni bitta jimjilog�i bilan yerga yotqizib, sulaytirib qo�ya qoladi, – dedi.

– Sening akangdan qo�rqadigan yerim yo�q! Mening ham akam bor, u sening akangdan ham kattaroq. Akangni hov anavi devorning naryog�iga uloqtirib yubora oladi.

Haqiqatda esa har ikkovining ham akasi yo�q edi.

– Yolg�on aytasan!

– Sen yolg�on deganing bilan yolg�on bo�laveradimi?

Tom, oyog�ining boshmaldog�i bilan tuproq ustini chizib qo�ydi-da:

– Seni shu chiziqdan o�tkazmayman, agar o�tsang, shunday do�pposlaymanki, o�rningdan turolmay qolasan, – dedi.

Begona bola shu paytning o�zidayoq chiziqdan o�tishga shoshildi va:

– Qani, qanday qilib meni do�pposlar ekansan! – dedi.

– Yo�qol! Ko�p yopishaverma, deyman!

– Seni do�pposlayman, deb maqtangan o�zing-ku! Nega endi urmaysan?

– Urishim aniq. Urolmaydi deysanmi? Ikki sent bersang uraman-da!

Begona bola cho�ntagidan ikkita chaqa olib, kulimsirab Tomga uzatdi.

Tom uning qo�lidagi chaqalarni bir urib, yerga tushirib yubordi. Bir damda ikkala bola mushuk singari yerda ag�anadilar. Ular bir-birlarining sochlaridan, nimcha va shimlaridan tortishar hamda chang-tuproqqa belanishib bir-birlarining burunlarini chimchilashar, tirnashar edilar. Nihoyat shu xil urush-to�palon ichida o�z dushmanining ustiga minib olib, uni do�pposlayotgan Tomning gavdasi ko�rindi, Tom:

– Qalay, endi bo�ldimi? – der edi.

Bola qanchalik chiransa ham, undan o�zini ajrata olmas va ko�proq kuchsizligidan achchig�lanib, tovushining boricha baqirardi.

– Qalay, ta’ziringni yedingmi? Mana senga! Mana senga! – Tom mushtlashda davom etar edi. – Tovba qildim de, yaramas bola!

Nihoyat, begona bolaning bo�g�iq tovush bilan «qo�yib yubor» degan ovozi eshitildi. Tom uni qo�yib yuborar ekan:

– Bu senga saboq bo�lsin, bundan keyin sinamaganga tega ko�rma! – dedi.

Begona bola, o�rnidan turarkan, ustidagi changlarini qoqdi va ho�ngrab, burnini tortib, o�z yo�liga qarab ketdi; u yo�l-yo�lakay dam-badam orqasiga burilib, boshini qimirlatib qo�yar va Tomga qarab: «Bir kun qo�limga tushib qolarsan» deb do�q qilar edi. Tom esa uni masxara qilib kularkan, o�zining g�alabasidan xursand bo�lib, uyiga qarab jo�nadi.

Biroq u yo�liga qayrilib ulgurmagan ham ediki, haligi begona bola bir tosh bilan uning yelkasiga tushirdi-da, o�zi kiyikdek sakrab-sakrab qochib ketdi. Tom uning izidan tushib, uyigacha quvlab bordi va uning uyini ko�rib oldi. U o�z dushmanini qaytadan urushga chaqirib, eshigining og�zida ancha vaqt qarab turdi, lekin dushmani derazadan aft-basharasini burishtirib masxara qildi va uning oldiga chiqishni istamadi. Nihoyat, dushmanining onasi chiqib, Tomni axloqsiz, yaramas bola deb qarg�ab, tezlikda bu yerdan ketishini buyurdi. Tom ketmoqchi bo�ldi, ammo ketish oldida uni poylab yurishini bildirdi.

U uyiga juda kech qaytib keldi; tovush chiqarmaslik uchun, sekingina derazaga chiqdi. Lekin deraza tagida uni xolasi poylab turgan ekan. Xolasi uning ust-boshlarini ko�rar ekan, bayram kuni qamab qo�yish to�g�risida qattiq qarorga keldi.




Ikkinchi bob

USTA SUVOQCHI


Yakshanbaning ertasi ham kelib yetdi, yozgi tabiat esa – yangi, qaynoq hayot bilan bezandi. Hammaning qalbida ashula jaranglay boshladi. Hamma quvnoq, har kimda qanot paydo bo�lgan.

Oq akatsiya daraxtlari gullarga burkangan, havoda atir hidi burqiraydi. Shahar chetidagi Kardif tog�i ko�m-ko�k ko�katlar bilan qoplangan.

Bu tog� xuddi shunday bir masofada ediki, go�yo uzoqdan bir narsani va’da etgandek, mag�rur va jilvagar, g�alvasiz hamda xayolga cho�mgan bir dunyo singari ko�zga chalinar edi.

Tom bir chelak ohak bilan uzun dastalik bir cho�tkani ko�tarib ko�chaga chiqdi. U devorga bir qarab qo�yar ekan, o�sha ondayoq tevarak-atrofni qorong�ulik bosib, uning dilini chuqur xafachilik o�rab oldi. O�ttiz yard[3 - Yard – inglizcha so�z bo�lib, uzunlik o�lchovi demakdir; u 0,91 metrga baravar.] keng devor, balandligi to�qqiz fut! Shu damda hayot uning uchun ma’nosiz bir narsa, keraksiz bir yuk bo�lib ko�rindi. Og�ir bir entikib, cho�tkani chelakka botirib oldi-da, yuqorigi taxtaga uzunasiga bir surkadi, yana bir surkadi, yana bir. Shundan keyin to�xtab qaradi: uning oqlagan devori, oqlanmagan kattakon, uzun devorga nisbatan juda ham oz edi. U xafa bo�lib, gul tuvakka kelib o�tirdi. Jim, qo�liga chelak ko�targani holda sakrab-sakrab, «Buffalo qizlari» ashulasini aytib, darvozadan yugurib chiqib qoldi. Shahar qudug�iga borib suv olib kelishni Tom har doim yomon ko�radi. Biroq, hozir bu ishni jon-u dili bilan qilishga tayyor edi. U quduq yoniga suvga borgan vaqtlarini xotirlay boshladi. U yerga juda ko�p kishilar yig�ilishadi: negrlar, mulatlar[4 - Mulatlar – negrlar bilan oqlardan tug�ilgan odamlar.], oqlar, o�g�il bolalar, qizlar o�z navbatlarini kutib, dam olib o�tiradilar, bir-birlari bilan urishib ketadilar, qo�g�irchoqlarini ayirboshlash to�g�risida savdolashadilar, to�rg�aydek cho�ldirashib ashulalar aytadilar. O�z uyi bilan quduqning orasi yuz ellik qadam kelar-kelmas yer bo�lsa hamki, Jim suvga borganida aqalli bir soatsiz qaytib kelmas, shunda ham uning orqasidan birov axtarib borishi lozim edi.

– Menga qara, Jim, agar xo�p desang, sen bu yerda birpas devorni oqlab tur, sening o�rningga men suvga borib kelayin, nima deysan?

Jim boshini chayqab qo�ydi.

– Yo�q, Tom boyvachcha, oyim meni suvga yuborayotganida: «To�g�ri bor, hech kim bilan yo�lda so�zlashma», – deb tayinlab qolgan. U menga «Tom boyvachcha seni devor oqlagani chaqirar, men buni yaxshi bilaman, sen uning so�ziga quloq solmay, o�z ishingga bor», deb qayta-qayta tayinlagan. U yana: «Tomning devor oqlayotganini o�zim borib ko�rib kelaman» ham dedi.

– Bo�lmag�ur gap! Qo�yaver, u har doim ham shunday, og�ziga kelganini so�zlay beradi. Chelakni menga ber, men bir zumdayoq borib kelaman, u bilmay ham qoladi.

– Qo�ysang-chi, men undan qo�rqaman, juda ham qo�rqaman, bilib qolgudek bo�lsa, kallamni uzib tashlaydi, xudo ursin, uzib tashlaydi!

– Kim? O�shami? U hech vaqt hech kimga qo�lini ham tegiza olmaydi, uning qo�lidagi angishvonasi bilan boshingga urishini aytasanmi? Shu ham kaltak yeyish bo�ldimi, bunga kim e’tibor qilardi? To�g�ri, u og�ziga kelgan vahimali so�zlarni so�zlab qo�rqitaverdi, lekin uning goho yig�lashini nazarga olmaganda, aytgan so�zlari kishini sira ham achintirmaydi-ku! Jim, men senga marmar soqqa beraman. Senga o�zimning oq bo�r soqqamni ham beraman.

Jim ikkilana boshladi.

– Oq soqqamni deyapman, Jim bilasanmi, juda yaxshi oq soqqam bor-ku, o�shani beraman!

– Bu aytganing to�g�ri, Tom boyvachcha, u o�zi yaxshi narsa-ya, lekin shunday bo�lsa ham, men oyimdan juda qo�rqaman.

Jim, uning shunday vasvasalari ta’siriga berilib, chelagini yerga qo�ymoqchi va qo�liga bo�r soqqani olmoqchi bo�lgan ham ediki, biroq shu ondayoq chelagini qo�liga mahkam ushlab, shaldiratib, yugurganicha chopib ketdi. Shu orada Tom g�ayrat bilan devorni oqlashga kirishdi, Polli xola bo�lsa, tuflisini qo�liga ushlab, tantana bilan urush maydonidan o�tib borar edi.

Tomning g�ayrati uzoqqa bormadi. U bu kunni qanday xursandchilik bilan o�tkazmoqchi bo�lganini esiga tushirib, yana xafa bo�ldi. Bugun bolalarning hammasi ko�chalarda o�ynab yuradilar. Ular albatta qiziq-qiziq o�yinlar o�ylab qo�yganlar, ular hadeb Tomning shunchalik og�ir mehnat ostida qolganidan kuladilar. Bu fikrning o�ziyoq uni xuddi olovdek yondirib, tutoqtirib yubordi. U bor matohini chiqarib, ko�zdan kechira boshladi. Ular singan qo�g�irchoqlar, marmar toshdan ishlangan soqqalar, xullas, shunga o�xshagan arzimagan narsalar ediki, bularning hammasini yig�ishtirib kelganda, yarim soat ozodlikka ham yetmas edi. U arzimagan narsalarning hammasini cho�ntagiga joylab oldi-da, o�rtoqlarini aldash fikridan qaytdi. Shunday og�ir va umidsiz minutda birdan uning qalbida bir ilhom qaynab toshdi, miyasiga juda yaxshi, yorqin bir fikr keldi. U cho�tkasini qo�liga olib, tinchgina ishga tushdi. Uzoqdan Ben Rodjers ko�rindi. Uning masxara qilib kulishidan Tom hammadan ham ortiqroq qo�rqar edi. Ben to�g�ri yurib kelmay, dam irg�ishlab, dam sakrab kelar, uning bunday harakati – ko�nglining shodligi va shu kuni o�zi uchun ancha xursandchilikning alomati edi. U olma yeb kelar hamda vaqti-vaqti bilan uzun, ohangdor hushtak chalib, bu hushtak orasida past ovoz bilan «din-don-don, din-don-don» deb qo�yar, bu bilan u paroxod tovushini anglatmoqchi bo�lar edi. U yaqinlashar ekan, qadamlarini sekinlatib, ko�chaning o�rtasida to�xtadi-da, juda sekinlik va ehtiyotlik bilan burila boshladi; u mazkur harakatini butun kuchi bilan qilganligi sezilib turar, chunki u, o�zini suv ichida to�qqiz fut chuqurlikka botib turgan «Ulug� Missuri» kemasiga o�xshatmoqchi bo�lar edi. U o�zini, ayni zamonda ham kema, ham undagi kapitan, ham signal berib turuvchi matrosdek his qilar, o�z palubasida turib, o�ziga-o�zi buyruq berar va uni bajarar edi.

– Mashina to�xtatilsin, ser! Din-dilini, din-dilindin!

U sekin-asta yo�lning o�rtasidan chiqib, chetga yaqinlashib kelar edi.

– Orqaga! Dilin-dilin-din!

U go�yo boshlig�i oldida turgandek, qaddini rostlab, qo�llarini yoniga mahkam bosib turdi.

– Orqaga tisarib yurgiz! Chapga bur! Chish-chish-chish!

Uning o�ng qo�li katta-katta doiralar chizib ko�rsatar, chunki u, go�yo aylanasi qirq fut keladigan g�ildirakdek bo�lib ko�rinardi.

– Chap yonboshi bilan yurgiz! O�ngga bur! Dilin-din-din! Chish-chish-chish!

Endi u chap qo�li bilan doiralar chizdi.

– To�xta, o�ngga bur! Dilin-din-din! To�xta, chapga bur! Sekinroq hayda! To�g�riga, o�nga yurgiz! Arqonni tashla! To�xta! Tez bo�l! Din-dilin-din! Hoy, qirg�oqqa qarab yurgiz! Chau! Chau! Chau! Nega to�xtab turibsan? Arqonni tort! Arqonning halqasini mana shu qoziqqa il! Arqonni to-o-rt! Qo�yib yubor! Mashina to�xtadi, ser! Dilin-din-din!

– Sht! Sht! Sht! – U go�yo bu bilan, jo�mraklardan chiqib kelayotgan sovugan bug�ning chirtillashiga taqlid qilar edi.

Tom, paroxodga hech bir e’tibor bermay, devorni oqlashda davom etdi. Ben hayron bo�lib unga biroz tikilib qarab turdi-da keyin:

– Ha, ha, tuzoqqa tushding-ku, – deb qo�ydi.

Uning bu so�ziga javob bo�lmadi. Tom, go�yo chinakam rassomlardek, o�zining so�nggi marta surtgan ohagi rangidan zavqlanib turdi; keyin qo�lidagi cho�tkasini sekingina yana bir yurgizib chiqqandan so�ng, biroz orqaga chekinib, o�zining qilgan ishiga tikilib qarab qo�ydi. Ben o�z kemasini yaqinroq olib kelib, uning bilan yonma-yon turdi. Uning qo�lidagi olmasini ko�rib Tomning og�zidan so�lakayi oqa boshlagan bo�lsa hamki, u zo�r berib ishlay berdi.








Nihoyat, Ben so�z ochib:

– Do�stim, kampir seni ishga solib qo�ydimi? Iloj yo�q, ishlash kerak, – dedi.

– Ey, sen Benmisan? Men sening kelganingni payqamay qolibman.

– Menga qara, hoy, men cho�milishga ketayotirman! Sening ham cho�milging kelayotgandir-a? Lekin sen bu yerda ishlashing kerak, shunday emasmi? Albatta shunday-da!

Tom unga qaradida:

– Sen ish deb nimani aytyapsan? – dedi.

– Axir, bu ish emasmi?

Tom qaytadan oqlash ishiga tutinar ekan, beparvolik bilan:

– Balki shundaydir, balki bunday emasdir, har holda bu ish, Tom Soyerning ko�nglidagidek ish, – dedi.

– Qo�ysangchi behuda gapni, har holda sen shu qilayotgan ishingni yoqtiraman deb ayta olmaysanku?

Tomning qo�lidagi cho�tka devor yuzida to�xtovsiz yurib turar edi.

– Yoqtirmaysan deysanmi? Nega yoqtirmayin, bolalarga bunday devor oqlash ishi har kun nasib bo�lavermaydi-ku?

Ish boshqacha tus oldi. Ben olma yeyishdan to�xtadi. Tom qo�lidagi cho�tkasini yengillik bilan yurgizar va damba-dam orqaga tislanib borib, maroq bilan qilgan ishini kuzatar, chala yerlarini topgandek cho�tkani yana u yer, bu yerga tekizib qo�yar va o�zining qilgan ishini yana qayta-qayta ko�zdan kechirar edi. Ben esa, uning har bir harakatini kuzatar, borgan sari uning qiliqlariga berilib, ko�zini uzmay qiziqib qarab turar edi.

Nihoyat, u Tomga:

– Menga qara, Tom cho�tkangni ber, men ham biroz oqlab ko�ray! – dedi.

Tom biroz o�ylanib turgandan keyin, go�yo rozi bo�lgandek bo�ldi, biroq keyin o�zining bu fikridan qaytib:

– Yo�q, yo�q, Ben, bu ish qo�lingdan kelmaydi, deb o�ylayman. O�zing bilasan-ku, mening Polli xolam aytganini qildiradigan xotin. Bu devor ko�cha tomonga qaraydi, hovli ichida bo�lganida ham bir gap edi. Bu ko�cha tomon, shuning uchun buni juda hafsala bilan oqlash kerak. Mening fikrimcha, bir ming, hatto ikki ming bolaning ichidan ham buni tuzukkina qilib oqlay oladigan topilmas, deb o�ylayman.

– Qo�ysang-chi? Nahotki, shuni hech kim qilolmasa! Qani, menga ber-chi, ozgina urinib ko�ray. Agar men sening o�rningda bo�lsam, darrov berar edim. Nima deding, Tom?

– Ben, men senga jonim bilan berar edim-u, Polli xolam bor-da… Ana, Jim ham shu ishni qilmoqchi bo�lgan edi, xolam unga ruxsat bermadi. Sid ham so�radi, unga ham yo�l qo�ymadi. Endi shu ishni birovning qo�liga ishonib topshirib qo�yish meninguchun qanday qiyin, o�zing tushunasan-ku! Sen bu ishni qilsang-da, biror yerini yomon qilib qo�ysang…

– Bekor gap! Men sendek ishlashga tirishaman. Kel, beraqol endi, bir ishlab ko�ray-chi! Menga qara, agar xo�p desang, senga olmaning bir bo�lagini beraman.

– Ha, xo�p kel! Yo�q, yo�q. Ben, qo�y, shu gapni aytma, men juda qo�rqaman…

– Men senga hamma olmamni beraman. Qo�limda qolgan olmamning hammasini…

Tom, istar-istamas, lekin ichidan sevinib, qo�lidagi cho�tkani unga berdi. Avval «Ulug� Missuri» paroxodi bo�lgan bola quyoshda kuyib, terlab, mehnat qilib turar ekan, Tom soyadagi gul tuvak ustida oyoqlarini o�ynatib, olmani kavshab, tomosha qilar, bundan boshqa landavurlarni qo�lga tushirishuchun tuzoq qo�yib o�tirar edi. Bunday qurbonlar esa juda ko�p edi: bolalar devor yoniga kelib turishar, ular biroz tomosha qilib ketmoqchi bo�lib kelganlari holda, shu yerda turib qolib, devor oqlashga kirishar edilar. Ben devor oqlay berib tamom charchagan vaqtda, Tom ishning ikkinchi navbatini Billi Fisher degan bolaga bir qog�oz varaqqa sotdi. Fisher charchagandan keyin, uning o�rniga Jonni Miller kelib, buning uchun bir o�lik kalamush va uning dumidan bog�lab osiltirib yurish uchun bir ip ham berdi. Shu tartibda, har bir soatda bu ishning havaskorlari o�z-o�zidan kelib, almashinib turdilar. Kun tush payti bo�lganida, ertalab hech narsasi yo�q bechora Tom, turli zeb-ziynat narsalarga ega bo�lib, boyib ketdi. Yuqorida aytilgan boyliklardan tashqari unda endi: o�n ikkita marmar soqqa, bir hushtak, ko�zga tutib qarash uchun ko�k shishaning sinig�i, g�altakdan ishlangan zambarak, hech bir qulfni ocha olmaydigan bitta kalit, bir parcha bo�r, bir grafin qopqog�i, qalayi soldatcha, ikkita itbaliq, oltita shaqildoq, bir ko�zi yo�q mushuk bola, eshikning mis dastasi, bir it bo�yin bog�i, – faqat itning o�zi yo�q edi, – bir pichoq dastasi, to�rtta apelsin po�stlog�i va eski deraza romi bor edi. U ko�pchilik o�rtasida hech bir ish qilmasdan, vaqtini juda xursandchilik bilan o�tkazdi, devor esa ohak bilan ustma-ust uch karra oqlandi! Agar uning ohagi yetadigan bo�lsa, u shahardagi hamma bolalarning barcha narsalarini shilib olishi aniq edi.

Tom o�z-o�ziga: «Bu hayot deganlarini u qadar ma’nosiz va arzimaydigan narsa deb bo�lmaydi», derdi. Odamlarning xulqi va atvoriga qarab buyuk qonuniyatni ochganini o�zi ham bilmay qoldi: masalan, biror odam yoki biror bola biror narsaning egasi bo�lmoqni orzu qilsa, u odam bu narsaga mumkin qadar qiyinlik bilan erishsin.




Uchinchi bob

URUSH VA SEVGI BILAN MASHG�UL BO�LISH


Tom Polli xolaning oldiga kelganida, xolasi ham yotoqxona, ham ovqatxona, ham ishxona bo�lib xizmat etadigan orqa tomondagi bejirim bo�lmaning lang ochiq derazasi yonida o�tirar edi.

Barakali yoz havosi uyda hukm surgan jimjitlik, gullarning xushbo�y hidlari, asalarilarning allalovchi g�o�ng�irlashlari Polli xolaga o�z ta’sirini o�tkazar edi: u to�qib o�tirgan ishi ustidan mudrab o�tirar, birdan-bir sherigi bo�lgan mushuk ham uning tizzasida pinakka ketgan edi. Uning ehtiyotdan peshonasiga ko�tarib qo�ygan ko�zoynagi ustiga oq sochlari tushib turar edi. Tomning allaqachon qochib ketganiga u albatta ishongan va Tomning qachon qo�lga tushishini bilgisi kelardi. Birdaniga Tomning ovozi eshitilib qoldi:

– Men endi o�ynagani borsam maylimi?

– Nima uchun? Darrov-a? Xo�sh, qancha joyni oqartirding?

– Hammasi bo�ldi, xola.

– Tom! Aldama! Men yolg�onni yomon ko�raman!

– Yolg�on so�zlayotganim yo�q, xola, buyurganishingizning hammasi tamom bo�ldi.

Polli xola ishonmadi.

U borib, o�z ko�zi bilan ko�rib kelish uchun ketdi; u, Tom aytgan so�zning loaqal yigirma foyizi rost chiqsa ham juda xursand bo�lur edi. U borib ko�rarkan, devorning hammasi boshdan oyoq juda yaxshilab – qalin qilib oqlanganiga, hatto devorning ostidagi yerga ham ko�ndalangiga oq tasma tushirilganiga juda hayron qoldi.

– Obbo, azamatey, men hecham bunday bo�lar, deb o�ylamagan edim… Tom, men senga insof bilan aytishim kerak, agar sen sidqidil ishlasang, har qanday ishni ham eplay olar ekansan. – Shu yerda u, maqtovning hovrini biroz pasaytirmoqchi bo�ldi va ilova qildi: – Lekin bu g�ayratingni kamdan kam ko�rsatasan. Buni aytib o�tish kerak. Bor, o�yna, faqat shuni bilgin, uyga kech qolmay, vaqtida yetib kel, bo�lmasa men seni…

Polli xola uning g�ayratidan shunday shodlangan ediki, uni qaznoqqa olib kirib, halollik bilan ishlashning o�z lazzati bo�lishi haqida uzoq so�zlab, unga eng yaxshi olmadan bittasini tanlab berdi. Tom esa shu orada xolasiga ko�rsatmay, shirin nondan bittasini o�g�irlab oldi.

U yugurganicha tashqariga chiqqan edi, Sidni ko�rib qoldi. Sid endigina zinadan chiqib bormoqda edi. Bu zina binoning tashqarisida bo�lib, yuqori qavatning orqa tomonidagi uylarga olib chiqardi. Tomning qo�lida otishga chog�langan bir qancha kesak bo�lib, darhol ularni ota boshladi. Bu kesaklar Sidning ustiga do�ldek yog�ildi. Polli xola kelib ajratib olguncha, Tomning kesagi Sidga kelib tegdi, Tom esa devordan oshib, qochib qoldi. Hovlidan chiqadigan kichkina eshik ham bor edi, lekin unga tezda yetib olishga Tomning fursati bo�lmadi. Endi u Sidni urib, bir vaqtlar Polli xolaga yoqasidagi qora ipni ko�rsatib chaqqani uchun qasdini olganidan yuragi quvonch bilan to�ldi.

Tom butun binoni aylanib o�tib, bir iflos yo�lga chiqib oldi. Bu yo�l Polli xolaning molxonasi orqasida edi. Endi u tamom xotirjamlik bilan borar, chunki bu yerda uni yana tutib olish xavfi yo�q edi. Shuning uchun u shahar bozoriga, ya’ni o�z o�rtoqlari bilan ilgaridan maslahatlashib qo�ygan yerga qarab jo�nadi; bu joyda hozir mushtlashish uchun bolalarning jangovar ikki otryadi to�plangan edi. Bu armiyalardan biriga Tom, ikkinchisiga esa uning qadrdon do�sti Jo Garper degan bola qo�mondonlik qilardi. Bu ikkala ulug� harbiy boshliq bir-birlari bilan shaxsan olishmaguncha, bir-birovlariga yo�l bermas edilar, ko�pincha mayda askarlar olishar, komandirlar esa ikki tepaning ustida o�z yordamchilari orqali buyruqlar berib turar edilar. Ancha uzoq va og�ir olishuvlardan keyin, Tomning askari yengib chiqdi.

So�ngra ikkala qo�shin ham o�z askarlari orasidan «o�lgan»larni sanab chiqdilar, asirlarni ayirboshladilar, kelgusi ixtiloflar to�g�risida yangi bitimga keldilar va keyingi, qat’iy jang kunini belgiladilar. Keyin jangchilar saflarga tizilishib, tantanali marsh bilan jang maydonidan chiqib ketdilar. Tom uyga yolg�iz o�zi ketdi.

Jeff Techer yashab turgan uyning yonidan o�tib borar ekan, Tom shu yerdagi bog� ichida notanish bir qizga ko�zi tushdi. Bu qiz – oltindek sap-sariq sochlarini ikki o�rim qilib, orqasiga tashlagan, ko�k ko�zli, yozlik oq nafis ko�ylak va guldor ishton kiygan chiroylik bir qizaloq edi.

Hozirgina shuhrat qozongan qahramon uning qarshisida jangsiz yengildi. Emmi Lorensin degan qiz uning qalbida hatto iz ham qoldirmasdan shu soatdayoq yodidan ko�tarildi. U esa Emmi Lorensin haddan tashqari sevaman, hurmatlayman, deb faraz qilar edi! Bu yerda haddan tashqari aldanishdan boshqa narsa yo�q ekan. Bir necha oy urinib Tom, uning sevgisiga muvaffaq bo�ldi. Qiz bundan faqat bir hafta burungina unga muhabbat qo�yganiga iqror bo�ldi. Shu qisqagina muddat – yetti kun ichida u, o�zini mag�rurlik bilan dunyoda eng baxtli bola, deb hisoblab yurdi, mana, endi ularni bir lahza tasodifiy mehmondek uning xotiridan ko�tarildi.

Tom sekin-asta, sezdirmasdan bu qizga mahliyo bo�lib tikilib qaray boshladi. Bir vaqt uning ham o�ziga ko�zi tushganini payqab qoldi. Shunda Tom, go�yo bu qizni ko�rmagandek bo�lib va o�z ko�nglida bu qizga o�z «epchilligi»ni ko�rsatish niyatida har xil o�xshovsiz qiliq va harakatlar qila boshladi. Odatda, bolalar birovga yoqmoqchi bo�lganlarida, shunday harakatlar qiladilar. Shunday ajoyib fokuslarni birmuncha vaqt davom etdirgandan keyin, Tom o�zining qandaydir xavfli gimnastika harakatlari orasida qiz tomonga ko�z tashlab uning burilib ketayotganini ko�rdi.

Tom bundan xafa bo�lib, devor yoniga yaqinlashib keldi; u qizning biroz bo�lsa ham shu yerda, bog�da yurishini istar edi. Qiz chindan ham ostona oldida biroz to�xtab turdi-da, keyin eshikka tomon yo�naldi. Qiz, oyog�ini eshik ostonasiga qo�yar ekan, Tom og�ir bir xo�rsinib qo�ydi, biroq birdan uning yuzini yana shodlik qopladi. Qiz eshik orqasiga o�zini olmasdan burun, u yoq-bu yoqqa alanglab qaradi-da, qo�lidagi gulni devordan oshirib unga tashladi. Tom yugurganicha borib, gul yotgan yerdan ikki qadam berida to�xtadi va qo�lini ko�zlari ustiga tutib, biror qiziq narsa ko�rgandek, ko�cha tomonga tikilib qaray boshladi. Keyin u yerdan bir cho�pni olib, burni ustiga qo�ydi va uni tushirmaslik uchun boshini orqasiga tashlab, gavdasini uyoq-buyoqqa tebratdi-da, sekin-asta gulga yaqin bora boshladi. U shu tariqa yurib borarkan, gulga yondashib, uni oyog�i bilan bosib oldi va gulni sekingina oyoq panjalari orasiga qisib, bir oyoqlab sakray-sakray, qimmatli hadyasini oldi va burchakdan burilib, ko�zdan g�oyib bo�ldi. Uning ko�zdan yo�qolishi uzoq davom etmadi; u burchak orqasiga o�tib, nimchasining tugmalarini yechib, gulni ko�kragiga, ya’ni yuragiga, balki qorniga yaqinroq yerga (chunki u anatomiya bilimidan xabarsiz edi) yashirish uchun qancha vaqt kerak bo�lsa, shuncha vaqt ko�rinmay turdi.

Keyin u yana qaytib kelib, o�sha kuni kechgacha har xil nayrangbozliklar ko�rsatib yurdi. Garchi Tom: «Qiz biror derazadan bekinib qarab turgandir», degan umid bilan o�zini ovitib, har xil o�yinlar ko�rsatsa hamki, qiz qaytib ko�rinmadi. Nihoyat, Tom bechora tamom umidsizlanib, boshi har xil shirin xayollar va orzular bilan to�lgani holda, noiloj uyiga qaytib keldi.

Kechki ovqat ustida u butunlay xayolga cho�mib, shunday hayajonli bir holatda o�tirdiki, xolasi uning ahvolini ko�rib: «Bu bolaga nima bo�ldi ekan?» – deb hayron qoldi. Sidga kesak otgani uchun uni juda qattiq koyidi biroq, u bundan sira xafa bo�lmagandek ko�rinar edi. U xolasining ko�zi oldida bir bo�lak qandni sekingina ilib olmoqchi bo�lgan edi, xolasi uning qo�liga bir urdi. Tom, xafa bo�lmadi, faqat:

– Xola, Sid ham qandingizdan oldi-ku, uni nega urmaysiz? – deb qo�ydi.

– Sid senga o�xshab, hadeb boshqalarni qiynay bermaydi. Agar men bo�lmasam, sen qantdonning ichidan qo�lingni olmas eding.

Xolasi oshxonaga qarab ketdi, Sid esa, o�zining jazolanmaganidan xursand bo�lib, shu zamon Tomning g�ashiga tegdi-da, qo�lini qanddonga cho�zdi. Tom uchun bu chidab bo�lmaslik bir hol edi! Biroq, shu vaqt Sidning qo�lidagi qanddon yerga tushib chil-chil bo�ldi. Tom shunday suyunib ketdiki, shodligidan biror so�z ham aytolmay, jim bo�lib qoldi. U, xolasi kirib kelguncha, hatto xolasi kirib kelgandan keyin: «Buni kim qildi», deb so�ragunicha ham indamay qarab o�tirmoqchi va xolasi ko�rgandan keyingina aytmoqchi bo�ldi. U, endi odobli, «erka bola»ning kaltak yeyishini avvaldan sezib, shodlanib o�tirar edi. Kampir qaytib kirdi-da, singan qanddonning tepasiga kelib, ko�zoynaklari ustidan g�azab bilan qaradi va qo�llarini yozganicha hayron bo�lib qotib qoldi. Tom ichida: «Ana endi ish boshlandi-ku!» deb turar edi. Biroq oradan bir nafas o�tmay, Tomning o�zi yerga ag�darilib, kaltak ostida qoldi. Xolasi uni yana qayta-qayta urmoqchi bo�lib turar edi, Tom yig�i aralash:

– To�xtang! To�xtang, xola! Siz meni nima uchun urayotirsiz? Qanddonni sindirgan men emas, Sid-ku! – dedi.

Polli xola hayron bo�lib, qarab qoldi. Tom endi achinar, rahmi kelar, deb o�ylagan edi. Biroq xolasi o�zini tutib oldi-da, faqat:

– Ha, ha. Shundaymi? Har holda bu kaltak senga o�rinsiz tegmagandir, deb o�ylayman. Men yo�q vaqtimda sen ham anchagina sho�xlik qilgandirsan, – dedi.

U vijdonan azoblana boshladi. U, bolaga uch-to�rt og�iz bo�lsa ham yaxshi so�zlar aytib, uni yupatib ko�nglini olmoqni juda istar edi, lekin qo�rqardi, basharti, erkalatsa, xola o�zini gunohkordek hisoblar, bu esa tartib-intizomga xilof bo�lar edi. Shu sababli kampir churq etmay, o�zining odatdagi ishlari bilan shug�ullanaverdi. Tom burchakka borib o�tirib oldi, u go�yo o�z yarasiga malham qo�yar edi. U, xolasining chin yurakdan afsusda ekanini bilar va shu xayol uning ko�nglini ozgina bo�lsa ham shodlantirgandek bo�lar edi. Tom sirini boy bermaslikka, murosasozlikka tomon bir qadam ham qo�ymaslikka va xolasining ko�nglidagi o�kinchini bilmagandek bo�lishga tirishar edi. Xolasining unga o�qtin-o�qtin, yoshlangan qayg�uli ko�z bilan qarashini bilar, lekin buni sezishni istamas edi. U o�z xayolida qattiq kasal bo�lib, o�lim oldida yotgandek, xolasi kelib undan bir og�iz bo�lsa ham kechirim so�rashini kutgandek, o�zi esa, bunga e’tibor qilmay, yuzini devor tomonga o�girib olib, jon bergandek bo�lar edi. Shunday bo�lsa, xolasi qanday ahvolda qolar edi? U yana o�zicha xayol surar: go�yo u suvga cho�kkan, uning o�ligini suvdan topib olganlar, jingalak sochlari butunlay ho�l, ma’sum qo�llari ko�ksiga qovushtirilgan holda, yuragi abadiy urmay qo�ygan. Shunda xolasi uning o�ligi ustiga tashlanib, ko�z yoshlarini duv-duv to�kib yig�lar va xudodan o�z bolasini qaytarib berishni so�rar, agar qaytarib bersa, uni hech vaqt xafa qilmaslikka so�z berar edi. Lekin u rangi o�chgan, tanasi muzlagan holda, tiriklik alomatini bildirmasdan, xuddi g�am-g�ussalardan abadiy qutilgan ma’sum bola singari qimirlamay yotmoqchi bo�lar edi. Bu manzaradan uning yuragi shunchalik siqildi va ta’sirlandiki, ko�zlari jiq yoshga to�lib va sekin-asta sirqib, burnining uchidan tomib tushib turdi. O�z xafachiligini qadrlash uning uchun shunchalik lazzatli ediki, u o�z yonida bo�layotgan shodlik va kulgilarga chidab turolmas edi. Shuning uchun ham u, Meri degan qizning yosh qarindoshi eshikdan o�ynab-sakrab, ashula aytib kirgan vaqtda, xafachilikdan qovoqlari soliq holda hovlidan chiqib ketdi. U, o�rtoqlaridan uzoqda, yuragidek g�am va anduhlarga to�la kimsasiz yerlarda tentirab yurdi.

Xariga o�xshagan sol uni qiziqtirdi; u solning eng chekkasiga o�tirib olib, daryo yuzini tomosha qilib bordi. Shu bilan birga hech bir sezmasdan va hech qanday o�ng�aysizlikka uchramasdan bir lahzada g�arq bo�lib ketishni orzu qilar edi. So�ngra, u gulini esladi. Nimchasining ichidan uni oldi, – gul so�ligan va ezilgan edi, – bu hol uning qayg�usini yana ham kuchaytirdi. U o�z-o�ziga: «Agar u qiz ichimdagi qayg�ularimni bilsa, meni ayarmidi, yig�larmidi va bo�ynimga osilib, meni yupatarmidi? Yoki hozir takabbur odamlar menga qayrilib qaramaganlaridek, u ham qayrilib qaramasmidi?» degan so�roqlarni bera boshladi. Shu haqda fikr uni shunday bir yengilgina g�am bilan o�rab oldiki, u tarqalib ketgunicha, har maqomga solib ko�rdi. Nihoyat, o�rnidan turdi va og�ir bir nafas olib, qorong�u ko�chaga yo�l oldi. Soat to�qqiz yarim yoki o�nlarda u, odamlar juda kam qatnaydigan bir ko�chaga kirib keldi; bu ko�chada uning sevgani – begona qiz turardi, u bir nafas to�xtadi-da, atrofga quloq sola boshladi – churq etgan ovoz eshitilsa-chi! Ikkinchi qavatdagi uyning derazasidan miltillab yonib turgan shamning shu’lasi pardaga tushib turardi… Qiz shu bo�lmada emasmikin? U xarilardan oshib o�tib, chakalakzor orqali yurib sekin-asta naq deraza tagiga borib to�xtadi. Uzoq vaqt mehr bilan derazaga qarab turdi, keyin so�ligan gullarini qo�llari bilan ko�kragiga bosgani holda, shu yerda chalqanchasiga yotib oldi. Mana shu ahvolda u, ochiq havoda o�lib ketishni, bevafo dunyodan ko�z yumishni istar edi; hech kimning jon berish oldidan chiqqan peshona terini artmaydi, so�nggi nafasini olayotgan chog�larda hech kim uning oldiga bosh egmaydi. Ertaga, ko�ngilli tong paytida qiz uyg�onib, mazkur derazadan qaragan vaqtida, uni shu ahvolda ko�radi, – nahotki, shu choqda uning jasadiga bir dona ham ko�z yoshini tomizmasa, o�ndan bir guli endigina ochilgan yosh bolaning juda bevaqt o�lganini ko�rganida, nahotki, ko�kragidan aqalli biron marta og�ir xo�rsinish chiqmasa?

Birdan deraza ochildi. Qandaydir xizmatchi xotinning ko�targan shovqini qorong�u kechaning sukunatini buzdi va bir paqir suv bolaning ustiga ag�darildi. Hayron bo�lgan qahramon, yotgan joyidan irg�ib turib, ust-boshini silkishga kirishdi. Shu vaqt havodan bir narsaning uchib o�tayotgani sezildi, qulog�iga birovlarning so�kishayotgan ovozi va oynaning jaranglab singani eshitildi-da, ko�ziga panjara ustida bilinar-bilinmas bir narsaning qorasi ko�rinib, shu onda ko�zdan yo�qoldi.

Oradan bir necha vaqt o�tgandan keyin Tom, ho�l bo�lgan kiyimlarini yechib, sham yorug�ida ko�zdan kechira boshladi. Sid uyg�onib qoldi. Sid balki Tom oldida o�z aybini yopib ketmoqchi bo�lgandir, ammo u, o�zining bu fikrini tezlik bilan o�zgartib, jimgina uxlagan bo�lib yota berdi, chunki Tomning ko�zlarida yaxshilik alomatlari ko�rinmas edi. Tom kechki ibodatini ham qilib o�tirmasdan, uxlamoq uchun o�rniga borib yotdi. Sid esa buni fahmlab ko�ngliga tugib qo�ydi.




To�rtinchi bob

YAKSHANBA KUNGI MAKTABDA В«CHIRANISHВ»


G�ala-g�ovursiz, tinchgina shaharcha ustidan ko�tarilgan quyosh o�zining yorqin nurlari bilan shaharchani go�yo yupatib turgandek bo�lar edi. Nonushtadan keyin Polli xola ko�ngliga mustahkam joylab olgan Tavrot oyatlariga asoslangan duolarini o�qidi. Sinay cho�qqisiga o�xshagan mehrobdan turib, u, Muso payg�ambar hayotidan dahshatli bir bobni o�qidi.

So�ngra Tom belini mahkam bog�lab olib, miyasini Tavrot oyatlari bilan to�ldira boshladi. Sid esa darsini allaqachon tayyorlab qo�ygan. Tom, Tavrotning besh oyatini o�z xotirasida saqlab qolish uchun butun kuchini sarf qildi. U jo�rttaga oson oyatlarni tanlab olar edi, chunki butun Tavrot ichida bo�lgan suralarning eng qisqalari shular edi.

Yarim soatdan keyin Tom o�z saboqlaridan uncha-munchasinigina zo�rg�a eslab oldi, chunki shu vaqt ichida uning fikri-yodi turli xayol bilan, qo�llari esa boshqa ish bilan band edi. Meri, Tomning qo�lidan kitobni olib, darslarini so�ray boshladi, Tom esa o�z yo�lini go�yo tuman orasidan paypaslab topib olmoqchi bo�lar edi.

… Meri tomonidan berilgan savollarga javob berishda qiynalgan Tom, nima deyishni bilmasdan, Meridan o�pkalay va Merini koyiy boshladi.

– Shularni o�zing aytib beraqolsang nima bo�lardi, insofing bormi?

– Oh, Tom bechora, kallavaram, men sening jahlingni chiqarmoqchi emasman, yaxshisi, borib diqqat bilan o�qib darsingni bilib olishing lozim. Chidamli bo�l, Tom, shunda ishing o�nglanib qolsa zora agar sen darsingni yaxshi bilib olsang, men senga g�alati narsalarni sovg�a qilaman. Bor, aqlli bola bo�l, saboqlaringni takrorla!

– Xo�p… Nima sovg�a qilmoqchisan, Meri? Aytib qo�yaqol.

– Yaxshi narsa deb aytdim-ku, demak, yaxshi narsa.

– Bilaman, Meri, bilaman. Xo�p, sabog�imni takrorlayman!

Chindan ham u saboqlarini zo�r berib takrorlashga kirishdi, astoydil diqqat qilishi orqasida va sovg�ani tezroq qo�lga kiritish maqsadida saboqlarini juda yaxshi o�zlashtirib oldi.

Buning uchun Meri o�zining yangigina, o�n ikki yarim sent[5 - Sent – yigirma besh tiyin.]ga sotib olgan qalamtaroshini Tomga hadya qildi. Tom esa, buning uchun o�zida yo�q xursand bo�ldi. Qarindoshining shafqatliligi yuragining eng chuqur yerlarigacha ta’sir qildi: chindan ham bu qalamtarosh «rostakam» Berlou firmasining pichog�i bo�lib, shu sababli unga mahobatli bir hadya bo�lib ko�rinar edi. Tom shu pichoq bilan darhol bufetni yo�nib, endi komodni yo�nmoqchi bo�lib turganida, birdan uni maktabga borish uchun kiyinishga chaqirib qoldilar.

Meri unga suv quyilgan tos bilan bir bo�lak sovun berdi; u eshikdan tashqariga chiqib, tosni kichkina kursi ustiga qo�ydi-da, sovunni suvga botirib olib, joyiga qo�ydi. Keyin yenglarini shimarib, suvni sekingina yerga to�kdi va oshxonaga kirib, eshik orqasiga ilig�lik turgan sochiq bilan yuz-qo�llarini yaxshilab arta boshladi. Biroq, Meri uning qo�lidagi sochiqni tortib oldi.

– Tom, uyalmaysanmi, – deb qichqirdi Meri. – Bunday yomon bola bo�lish yaxshimas! Yaxshilab yuvinib olsang bir narsa bo�ladimi?

Tom biroz uyaldi, Tosga yana qaytadan suv to�lg�azdilar. Bu gal Tom Tosning tepasiga borib, go�yo jur’at va botirlik bilan bir dam qarab turdi-da, og�ir nafas olib, yuvinishga tutindi. U ko�zlarini ocholmay, oshxonaga ikkinchi marta kirib, devorda osig�lik turgan sochiqni qo�li bilan paypaslab axtara boshlaganida, yuzidan oqib turgan suv va sovun ko�piklari uning chinakam yuvinganligiga shubha qoldirmas edi. Shunday bo�lsa ham, uning sochiq bilan artilgan basharasi kutilganidek natijani bermas edi, chunki, yuzining toza bo�lgan qismi, go�yo niqob kiygandek, peshonasidan iyagigacha bo�lib, undan yuqorisiga va pastiga, ya’ni peshonasining ustiga hamda bo�yniga suv tegmay, xuddi qora halqadek bilinib turardi. Meri uni o�z qo�li bilan yuvintirishga kirishdi, shundan keyingina u, ko�chaga chiqsa kishi uyat qilmaydigan ozoda bola bo�ldi. Sochlari moylanib, taralib, silliq qilib qo�yilgan, sochlarining uchidagi jingalaklari esa chiroylik va mutanosib ravishda ko�rinar edi. (U o�zi har qa-chon sochlarini diqqat bilan silar va uni tep-tekis, xuddi boshiga yopishib turgandek qilib, qo�li bilan yotqizishga tirishardi: uning fikricha, sochlari jingalak bo�lib ko�tarilib tursa, qiz bolaga o�xshab qolgandek bo�lar, bu hol butun umr bo�yi baxtsizlikka duchor qilar emish). Shundan keyin Meri uning ikki yildan beri faqat yakshanba kunlarigina kiyib yuradigan toza kostumini olib berdi. Kostum: «u-bu» deb atalar edi. Bu so�z, unga tegishli kiyim shkafida kiyimlarning qanchalik ko�pligini bildiradi. Kiyinib bo�lgandan keyin, xolasi uning uyoq-buyog�ini tuzatib, nimchasining hamma tugmalarini qadarkan, ko�ylagining yelkaga tushib turadigan keng yoqasini sirtga chiqarib qo�ydi. Ustini cho�tka bilan tozaladi-da, boshiga savat qalpog�ini ham kiygizib qo�ydi.

Bu ishlarning hammasi, uning tashqi qiyofasini ancha bezagan bo�lsa-da, u uyalib, o�zini o�ng�aysiz holatda his qilayapti, deb o�ylash mumkin edi. Haqiqatan ham shunday bo�lib chiqdi: chunki u hech vaqt o�zini bunchalik yuvingan, ozoda holda ko�rgan emas edi, – mana shuning uchun bu hol uni qiynar va hayajonlantirardi. U: «Shoyad, Meri etigimni unutsa», deb umid qilgan edi, lekin uning bu umidi puchga chiqdi. Meri, odat bo�yicha etikni moylab kiydirmoqchi bo�lib, uning oldiga olib keldi. Shundan keyin u chidolmasdan: «Meni doim o�zim istamagan ishlarni qilishga majbur etadilar», – deb zorlana boshladi. Meri unga nasihat qilib:

– Kel endi, Tom, sen ham aqlli bola bo�l! – dedi.

Keyin Tom ming�illay-ming�illay etigini kiya boshladi. Meri ham tez vaqt ichida kiyinib olganidan keyin, uchovlari birgalashib yakshanba kunlik maktabga qarab jo�nadilar. Tom bu maktabni jon-u dili bilan yomon ko�rar, Meri bilan Sid esa uni yaxshi ko�rar edilar.

Maktabda saboq soat to�qqizdan o�n yarimgacha davom etib, keyin cherkov ibodati boshlanar edi. Meri bilan Sid ikkalasi po�pning va’z-nasihatlarini eshitishga o�z xohishlari bilan qolganlaridan Tom ham noiloj qolishga majbur bo�lar edi.

Cherkovning kursilariga uch yuzga yaqin odam sig�ardi; bu kursilarga yostiq qo�yilmas edi. Cherkov binosi – kichkina, ko�rimsizgina bo�lib, tomi ustida qarag�ay taxtalardan qilingan va ingichka quvurga o�xshagan narsa cho�qqayib turardi; bu – cherkov qo�ng�irog�i edi. Tom, cherkov eshigi oldiga yetganida, sheriklaridan bir qadam keyinda qolib, o�ziga o�xshash yasangan o�rtog�iga qarab:

– Hoy, Bill, sariq bileting bormi? – dedi.

– Bor.

– Qanchaga berasan?

– Qanchaga olasan?

– Bir parcha lakritsa[6 - Lakritsa – eshak miya o�tidan ishlangan chuchmal-shirin tamli dorivor.] va qarmoq beraman.

– Qani, ko�ray-chi.

Tom buyumlarni ko�rsatdi. Bu narsalar bolaga yoqqandan keyin, u, sariq biletni shularga ayirboshladi. So�ngra Tom ikkita katta marmar soqqani uchta qizil biletga va yana bir necha arzimas narsalarni ikkita zangori biletga ayirboshladi. Tom ko�chadan o�tib boruvchi harbiy bolani to�xtatib, har xil rangdagi biletlarga yonidagi bor narsalarini alishmoqchi bo�lganligini aytdi. Bu hol o�n-o�n besh minut davom etdi. So�ngra u, yasangan bir to�p sho�x bolalar bilan birga cherkovga kirib o�z joyiga o�tirib oldi-da, birinchi uchragan bola bilan janjallasha boshladi. Ularning bu janjaliga jiddiy qiyofali keksa muallim aralashdi; muallim orqasini o�girishi bilanoq Tom oldingi safda o�tirgan bolaning sochidan tortdi. U bola orqasiga qayrilib qaraganida, Tom qo�lidagi kitobi bilan uning burniga turtdi. Bir minut o�tar-o�tmas Tom qo�lidagi to�g�nog�ichini ikkinchi bir bolaga suqib oldi va uning «voy!» deb dodlashini eshitmoqchi bo�ldi, lekin buning uchun muallimdan yana tanbeh eshitdi.

Buning ustiga, Tomning sinfidagi bolalarning hammasi terilib olingandek nuqul sho�x, notinch va odobsiz bolalar edi. Saboqlarni so�rashga kirishganlarida, bolalarning hech biri ham tayyorlanmagani ma’lum bo�ldi. Bolalarning har biri saboqni boshdan oyoq so�zlab berishga to�g�ri kelar edi.

Ular u-bu qilib valdirash bilan bir amallab saboqni o�tkazdilar va har biri mukofot tariqasida bittadan ko�k bilet oldi; ko�k bilet Tavrotdan yod olingan ikki suraning haqi edi. O�nta ko�k bilet bir qizil biletga to�g�ri kelar va shunga alishtirib olish mumkin edi; o�nta qizil bilet esa bir sariq biletga to�g�ri kelar, o�nta sariq biletga ega bo�lgan alohida o�quvchiga esa, direktor sodda muqovalik Tavrot berardi. (U vaqtda shu Tavrotning bahosi 40 sent turar edi).

Mukofot tarzida rassom Dorening rasmlari bilan bezalgan Tavrot va’da qilinganida ham, ikki ming satr oyatni yod olish uchun kitobxonlarimizdan qanchasining kuchi yetar edi? Meri esa astoydil diqqat bilan shu xilda ikki yil o�qib mukofot tariqasida ikkita Tavrot oldi. Bir nemis bolasi esa shunday Tavrotdan to�rtta yoinki beshtasini oldi. Bir vaqt u, sidirg�asiga uch ming satr oyatni o�qib chiqdi; ammo bunday zo�r berishlik uning uchun foydali bo�lmadi va o�sha kundan boshlab u qariyb aqldan ozib qolgan edi, bu esa maktab uchun katta baxtsizlik bo�ldi, chunki avvallari tantanali voqealarda, ya’ni xalq ko�p yig�ilgan vaqtlarda direktor bu bolani chaqirib olib, Tomning so�zi bilan aytganda «safsata sotdirar» edi. Boshqa o�quvchilardan faqat kattalarigina o�z biletlarini saqlar va Tavrot olish uchun o�z saboqlarini uzoq vaqtlar takrorlar edilar. Chunki bu mukofot kamdan-kam berilar va uning berilishi katta hodisa hisoblanar edi. Tom, ehtimol, bunday mukofotni xohlamayotgandir, lekin shunisi aniqki, uning butun vujudi shu mukofotni olish bilan bog�liq bo�lgan shuhrat va obro�ni istar edi.

Xuddi belgilangan soatda kafedra oldida duo kitobini ushlagan direktor paydo bo�ldi. U shahodat barmog�ini kitobning betlari orasiga kiritib olgan edi. U o�z so�zining diqqat bilan tinglanishini talab qildi.

Konsert beriladigan sahnada ashulachining qo�lida notasi bo�lganidek, maktab direktori odatda o�zining qisqa nutqini so�zlaganda, ham qo�liga duo kitobini albatta ushlab chiqar edi. Biroq ashulachining qo�lida nima uchun nota bo�lishi va direktorning qo�lida duo kitobi bo�lishi ma’lum emas, chunki ulardan hech biri na notaga va na duo kitobiga qarar edi.

Direktor o�ttiz besh yoshlar chamasidagi, qizg�ish yuzli, echki soqolli, kalta qilinib olingan haligiday qizg�ish sochli jirkanch bir odam edi. Kraxmallangan tikka yoqasining ustki qirrasi qariyb qulog�iga tegib turar, qirrali uchlari esa oldinga egilib, qariyb og�ziga yetar va xuddi devordek bo�lib, direktorni doim oldinga qarab turishga majbur etar, yon tomonga qaragan chog�larida esa u butun gavdasini burishga majbur bo�lar edi. Bo�ynidagi galstugi esa baqbaqasini tirab turish xizmatini bajarar, galstugining o�ng va chap tomonga ayrilib turgan uchlari uzun popuklar bilan bezatilgan edi; etiklarining uchlari o�sha zamondagi modaga muvofiq konki uchi singari yuqori qarab turardi, – o�sha vaqtdagi yoshlar ham bunga erishish uchun etiklarining uchlarini bir necha soatlab devorga tirab o�tirar edilar. Mister Uoltersning afti haddan tashqari jiddiy, ko�ngli sof va ochiq edi; muqaddas narsa va muqaddas joylarga u shu tariqa yaxshi iltifot bilan qarar va bularni oddiy narsalardan shunday ajratar ediki, yakshanba kungi maktabda so�zga chiqqan mahalida ovozi odatdan tashqari ohangdor eshitilardi. Direktor so�zni shu taxlitda boshladi:

– Endi, bolalar, men sizlardan ikki daqiqacha to�g�ri va jim o�tirishlaringizni hamda mening so�zimga zo�r diqqat berishlaringizni so�rar edim. Ha, balli! Yaxshi o�g�il va qiz bolalar o�zlarini shunday tutishlari kerak. Men kichkina bir qiz bolaning derazadan qarab turganini sezayotirman; uning xayolida men, daraxt tepasiga chiqib olib, kichkina qushchalarga so�zlayotgandek bo�lsam kerak! (Bolalar uning so�zini ma’qullab kulishdilar). Men sizga ezgulik va haqiqatni o�rganish uchun bu muqaddas joyga to�plangan, yasangan, ozoda yosh bolalarni o�z oldimda ko�rishdan xursandchiligimni bildirmoqchiman.

Hokazo va boshqa shunga o�xshash gaplar. Bundan boshqalarini so�zlab o�tirishga hojat yo�q. Direktorning butun nutqi o�zgarmas bir nusxada tuzilgan, demak, u bizlarning hammamizga ma’lum.

Bu nutqning so�nggi uchdan bir qismini yaramas bolalar o�rtasida dam-badam bo�lib turgan urushlar qorong�ulashtirar edi. Bundan boshqa hangomalar ham ozmuncha emas edi. Bolalar turgan joylarida ijirg�anib shivirlashar va bunday yaramas xulq to�lqinlari vaqti kelganda Meri bilan Sid kabi tebranmas qoyalarga ham kelib urilar edi. Biroq direktorning tovushi pasaya boshlashi bilan hamma gap-so�zlar tindi va nutqning xotimasi esa so�zsiz tashakkur bilan qarshi olindi.

Gap-so�z va shivir-shivirlarning qo�zg�alishiga ko�pmi-ozmi, sabab bo�lgan narsa – kishilarning kelib qolishi bo�ldi; bedarmon bir mo�ysafid chol bilan advokat Techer, ko�rkam o�rta yoshli bir olifta kishi va mahobatli bir xotin kirib keldi. Bu xotin albatta haligi oliftaning xotini bo�lsa kerak. Xotin bir qiz bolani yetaklab kelgan edi. Tom, o�z ayblarini sezgani va nomusiga chidamagani uchun, bir joyda tinch o�tirolmas edi. U Emmi Lorensga tik qarolmas, uning latif va sabrli ko�z qarashlariga chidab turolmas edi. Biroq u, eshikdan kirib kelgan qizni ko�rishi bilanoq butun qalbi sevinchlarga to�lib ketdi. U darhol kuchining boricha «nayrangbozlik» qila boshladi: O�g�il bolalarni tepasidan mushtlar, sochlaridan tortar, aftini burushtirib masxara qilar, xullas, qizni o�ziga maftun qilib, unga ma’qul bo�lish yo�lida hamma hunarlarni ko�rsata boshlardi. Uning shunday shodliklariga bir narsa xalaqit berib turar, u ham bo�lsa bog�da shu malikaning derazasi ostida xo�rlanishini eslash edi, biroq bu voqea to�g�risidagi xotira xuddi ko�chma qum ustiga chizilgan narsadek tuyular edi. Tomning hozirgi damda sezayotgan rohatlari bunday xo�rlik va ko�ngilsizliklarni butunlay yuvib ketardi.

Mehmonlarni to�rga o�tqizdilar, mister Uolters o�z nutqini tamomlashi bilanoq ularni maktab ahliga tanishtirdi.

O�rta yoshlardagi erkak kishi juda bir muhim shaxs – xuddi okrug sudyasining o�zi bo�lib chiqdi. Bunday yuqori mansabli kishini bolalar hali sira ko�rmagan edilar, ular bu kishiga hayron bo�lar va o�z-o�zlariga savol berib: boshqa kishilar qanday materialdan ishlangan bo�lsa, bu kishi ham o�shanday materialdan ishlaganmikin? – deb so�rar va yoinki uning bir bo�kirishini orzu qilar va yoxud, aksincha, uning bo�kirib yuborishidan qo�rqar edilar. U Peterburgdan yigirma mil uzoqlikda bo�lgan Istambul shaharidan kelgan, demak, xo�p yaxshi sayohat qilib dunyoni ko�rgan kishi; u kishilarning aytishicha, tunuka tomi bo�lgan okrug sudi binosini o�z ko�zi bilan ko�rgan. Shunday fikrlar natijasida kelib chiqqan maftunlik, tantanali sukunat va bir qator baqrayib qarab turgan ko�zlar bilan ifoda etilar edi. Bu kishi o�z shaharlarida advokat bo�lib turgan Techerning akasi buyuk sudya Techer edi. Jeff Techer butun maktabni hayratda qoldirish uchun o�ziga amaki bo�lgan buyuk odam bilan kibrlanish maqsadida, oldinga qadam tashlab chiqdi. Agar shu vaqtda u o�z o�rtoqlarining shivir-shivir qilayotganlarini eshitsa, ularning bunday shivirlashlari Jeff uchun yoqimli bir muzikadek tuyular edi.

– Uni qara, Jim, u o�shayoqqa ketayapti-ya! Uni ko�rsang-chi! Ana u qo�lini berib so�rashayotir… Qanday gap-a!

– Qo�lini berdi-ya! Jin ursin seni! Hozir sen ham o�sha Jeff bo�lishni istardingmi?

Mister Uolters behuda shoshqoloqlik bilan o�zini korchalon qilib ko�rsatish uchun o�zicha «chiranar», har bir kuchi yetgan kishiga uning maslahat, buyruq va farmoyishlari yog�ilib turar edi.

Quchoq-quchoq kitoblarni ko�tarib, u yoqdan bu yoqqa yugurib, o�zining pala-partish shovqin-suronlari bilan g�ayrat qilgandek kutubxonachi ham chiranib yurar edi.

Yosh-yosh muallimalar esa hozirgina o�zlari chimchilab, quloqlarini cho�zib yurgan bolalarga muloyim so�zlar aytib, engashib qarar, bular ham «chiranar», o�zlarining chiroyli barmoqlarini silkitib, itoatsizlik qilgan bolalarni qo�rqitishar, itoatli bolalarni esa erkalatib boshlarini silar edilar.

Yosh muallimlar ham chiranishib, o�zlarining kichkina-kichkina tanbehlari bilan maqtovga sazovor intizom joriy qilib, o�z hukmronliklarini ko�rsatar edilar. Umuman muallim va muallimalardan ko�pchiligi asosan kafedra oldidagi kitoblar ustida urinib yurar edilar.

Qiz bolalar ham turli maqomlarda «botirlik» ko�rsatar, o�g�il bolalar esa bu yo�lda shunchalik qunt qilar edilarki, butun havo jangovar tovushlar va chaynalgan qog�oz soqqalari bilan to�lib ketar edi.

Bulardan ham balandroqda esa – oliy martabali sudyaga xos tabassumi bilan maktabni jonlantirib yumshoq o�rindiqda o�tirgan, ya’ni o�z mahoratining shu’lalarida isinayotgan ulug� odam qiyofasi ko�zga baralla tashlanib turar, chunki u ham o�z maqomicha chiranar edi.

Mister Uoltersning shodlik va mamnuniyatining xotimalanishi uchun birgina narsa yetishmas edi: u o�zining oliyjanob mehmonlariga tirishqoqlik mo�jizasini ko�rsatib, so�zquvar bo�lganlarga Tavrotni topshirmoqchi edi. Biroq maktab bolalaridan ba’zi birovlari uncha-muncha sariq bilet to�plagan bo�lsalar ham, bu oz, – u eng yaxshi o�quvchilarni so�roq qilib o�tkazgan edi.

Ana shu paytda, ya’ni u butun umidini uzgan bir vaqtda, Tom Soyer oldinga chiqib, bir dasta biletni: to�qqizta sariq, to�qqizta qizil va o�nta ko�k biletni taqdim etdi hamda mukofot uchun o�ziga Tavrotning berilishini talab qildi.

Tomning bu harakati go�yo havo ochiq kunda momaqaldiroq guldirashini eslatar edi. Mister Uolters esa Soyerdan allaqachon qo�l siltagan va yaqin o�rtadagi o�n yil ichida undan bir ish chiqmasligiga ishongan edi. Biroq, haqiqatga qarshi chiqib bo�lmaydi: mana xazinaning muhri bosilgan cheklari turipti, ularga pul to�lash kerak. Tomni sudyaning o�zi va boshqa saylangan odamlar o�tirgan baland taxta ustiga olib chiqdilar hamda bunday katta yangilikni boshliqlarning o�zlari ma’lum qildilar. Bu ajoyib, hayron qolarlik bir voqea edi. So�nggi o�n yil ichida maktab bunday hodisani ko�rmagan edi; buning natijasida vujudga kelgan dahshat shunchalik chuqur ediki, yangi qahramon, mashhur sudya bilan baravar yuksaklikka ko�tarilgandek bo�ldi va endi maktab bir hikmat o�rniga ikkitasini birvakayiga ko�rib turar edi. Bolalarning hammasi rashkdan o�rtanar va Tomga devor oqlab yurgan vaqtda to�plagan narsalari badaliga qizil va sarig� biletlarni sotib, bu soxta martabaga o�zlari yordam berganliklarini fahmlagan bolalar hammadan ko�proq kuyib-pishar edilar. Bu makkor va aldoqchi ularni osongina ahmoq qilib ketgani uchun o�zlariga-o�zlari jirkanch va nafrat bilan qarardilar.

Direktor o�ziga xos tantana bilan Tavrotni Tomga topshirdi, biroq, uning nutqi unchalik qizg�in chiqmadi: allaqanday notayin bir hissiyot u bechoraga bunda qandaydir bir sir bor va unga balki tegmaslik yaxshiroqdir, deb xabar bergandek bo�lardi. Bu bolaning miyasiga Tavrot suralaridan aqalli o�n ikkitasi ham sig�magani holda, u o�zining miyasida ikki ming bog� Tavrot hikmatlarini to�plaganligi to�g�risida faraz qilish ham to�g�ridan to�g�ri bema’ni bir narsa bo�lar edi. Emmi Lorens baxt va kibr bilan yashnamoqda edi. U Tomning nazarini o�ziga qaratish va o�z shodligini unga bildirish uchun butun choralarni ko�rsa hamki, Tom unga qaramas edi. Bu hol Emmi Lorensga qiziq tuyuldi va biroz hayron bo�ldi, so�ngra ko�nglida shubha tug�ildi, shubha tug�ildi-yu, yana tarqadi. Yana yangidan shubha tug�ildi: u tikilib qaray boshladi, juda sinchiklab qarab ko�p narsalarni sezdi va ko�ngli sovudi. U ho�ngrab yig�lar, butun dunyoni va ayniqsa Tomni juda yomon ko�rar hamda Tomni yomon ko�rib qolganiga qattiq ishonar edi.

Tomni sudyaning oldiga olib kirdilar, biroq baxtsiz bola zo�rg�a nafas olar, uning tili tanglayiga yopishib qolgan, qisman bu kishining dahshatli mahobati oldida qo�rqishidan va, asosan, bu kishi o�sha qizning otasi ekanligidan uning yuragi orqasiga tortib ketar edi. Agar shu yer qorong�u bo�lganida, Tom uning oldida tiz cho�kib ta’zim qilishga tayyor edi. Sudya qo�lini Tomning boshiga qo�yib, uni yaxshi bola, deb atadi va otini so�radi. U tutilib qoldi va og�zini ochib, otini aytdi:

– Tom.

– Yo�q, Tom emasdir, balki…

– Tomas.

– Ha, Tomas. Men sening biror narsa qo�shishingni bilgan edim. Yaxshi, yaxshi! Har holda sening boshqa oting ham bo�lsa kerak, sen menga aytasan, to�g�rimi?

Uolters so�zga aralashdi:

– Tomas, sen bu boyvachchaga familiyangni ayt, kattalar bilan gapirishganingda «ser» so�zini qo�shishni unutma. Jamoat orasida o�zingni tuta bilishing kerak.

– Tomas Soyer, ser.

– Balli! Qanday aqlli bolasan-a! Juda yaxshi, azamat bola bo�lding, ko�p yasha! Ikki ming sura – juda ko�p narsa! Sen shuni o�rganishni ustingga olganingga hech o�kinmaysan, chunki bilim dunyodagi hamma narsadan afzalroq. Bilim odamning shuhratini oshiradi va muloyim qiladi. Tomas, sen ham vaqti kelib, shuhratli odam bo�lasan va o�sha vaqtda ketingga qayrilib: men bular uchun bolaligimda o�qigan yakshanbalik maktabdan minnatdorman; bular uchun men, mehnatga o�rgatgan qimmatli ustozlarimdan minnatdorman: bularning hammasi uchun men, chiroyli muqovalik Tavrotni taqdim qilgan, «hammavaqt yoningda saqla!» deb menga ta’kidlagan, meni qiziqtirgan va menga suyanchiq bo�lgan direktordan minnatdorman; bularning hammasi uchun men, to�g�ri tarbiyalanganimdan minnatdorman, – dersan. Sen, Tomas, shu so�zlarni aytarsan va bu ikki ming bayt uchun hech qanday pul ham olmassan! Endi sen menga va bu xonimga o�rganganlaringdan biror narsa aytib bera olmaysanmi? Men bilamanki sen aytib berasan, chunki biz o�qishni yaxshi ko�rgan bolalar bilan faxrlanamiz, Sen o�n ikkita sahobaning otlarini bilasan albatta, qani, ayt-chi, shulardan dastlabki ikkitasining oti nima?

Tom nimchasining tugmalangan yeridan ushlab, o�zini oldinga tortdi va sudyaga ho�mrayib qaradi; so�ngra qizarib ketib, undan ko�zini oldi. Mister Uoltersning ko�ngli sovidi. Axir, bola eng oddiy so�roqqa ham javob berishga qodir emas-ku, sudya nima qilib unga savol beradi? Har holda, u bunga aralashishni lozim topdi:

– Boyvachchaga javob ber, Tomas, qo�rqma!

Tom goh o�ng, goh chap oyog�ini ko�tarib qo�yar edi.

– Menga-ku albatta javob berasan-a, – dedi xonim so�zga aralashib. – Isoning dastlabki ikki shogirdining oti nima edi?…

– David va Goliaf![7 - Haqiqatan esa, Tavrot rivoyatiga ko�ra, David podshoh, Goliaf – pahlavon ekan. Isoning dastlabki shogirdlarini Tavrot Pyotr va Andrey deb ataydi.]

Sahnaning shu yeriga alam pardasini tushiramiz.




Beshinchi bob

CHAQAG�ON QO�NG�IZ VA UNING O�LJASI


Soat o�n yarimga yaqinlashganida, kichkina cherkovning darz ketgan qo�ng�irog�i birdan jarangladi va o�sha zamon ertalabki ibodat uchun kishilar yig�ilisha boshladilar. Yakshanba kungi maktab shogirdlari cherkovning burchaklariga joylashib oldilar; ular har qachon kattalarning nazorati ostida bo�lishlari uchun o�z ota-onalari o�tirgan kursilarga borib o�tirdilar. Ana, Polli xola ham keldi; Tom, Sid va Meri uchchalasi Polli xolaning oldida o�tirdilar. Shuning bilan birga Tomni ochiq deraza yonidan nariroqqa, ya’ni derazadan ko�rinib, uni qiziqtiruvchi yozgi manzaralardan uzoqroq yerga o�tqazdilar. Cherkov sekin-sekin kishilar bilan to�lib bormoqda. Bir zamonlarda yaxshi turmush kechirgan, endi qaribroq qolgan bechora pochta xizmatchisi ham keldi, o�z xotini bilan birga shahar boshlig�i ham kirib keldi, – boshqa foydasiz narsalar qatorida shu kichkina shaharchada shahar boshlig�i bilan sudya ham bor edi; undan keyin Duglas degan beva xotin keldi. Bu xotin qirq yoshlar chamasida, juda yaxshi kiyingan, ancha chiroyli, xushmuomala, yaxshi, badavlat ayol edi; uning tepalik ustidagi uyi, oddiy uy emas – saroy, ya’ni shu shaharchadagi birdan bir saroy edi; shuning bilan birga bu saroy hamma vaqt mehmonlar bilan to�lib-toshar, Sankt-Peterburg maqtana olishga loyiq, katta-katta ziyofatlar o�tkazilib turar edi. Uzoq yerdan shu joyga yaqinda kelgan, aslida o�zi aristokratlardan bo�lgan sud amaldori Riverson va shu yerning atoqli go�zal xonimi, bu xonimning ketidan batis ko�ylaklar kiygan, lentalar taqqan birmuncha yosh-yosh qizlar, idoralarda xizmat qiluvchi yosh-yosh yigitlar, xullas, shahardagi yoshlarning hammasi keldilar; ular bezatilgan uyda yarim doira yasab, hamma qizlar o�tib ketguncha qo�llaridagi konfetlarni shimgan holda kulishib turar edilar. Nihoyat, hammadan keyin Villi Makferson degan odobli bola ham keldi; u o�z onasini shunchalik qo�riqlar ediki, unga go�yo onasi shishadan ishlangan bo�lib, sinib ketayotgandek ko�rinar edi. U hamma vaqt – onasini shu tartibda cherkovga olib kelar va boshqa onalar buni juda ma’qul ko�rar edilar. Bolalarning hammasi ham uni juda yomon ko�rishar, ayniqsa onalari, uning odobliligini misolga keltirishib, har doim ta’na qilishlarini yoqtirmas edilar. Uning orqa cho�ntagidan har qachon, go�yo tasodifiy bo�lgandek, ro�molchaning uchi chiqib turar edi. Tomda esa ro�molcha degan narsa mutlaqo bo�lmas va ro�molchasi bor bolani u olifta, deb hisoblar edi. Cherkov xalq bilan liq to�lgandan keyin, kechikkanlarni ogohlantirish uchun yana qo�ng�iroq chaldilar; so�ngra cherkovda ulug�vor sukunat hukm sura boshladi, bu sukunatni xor aytuvchilarning qiqillash va pichirlashlarigina buzar edi. Cherkovdagi ibodat vaqtida xor aytuvchilar hamisha pichirlashadilar. Men bir cherkovda o�zlarini yaxshi tutadigan xorchilarni ko�rganman, ammo qayerdaligi yodimda yo�q. Bunga ko�p yil bo�ldi, yodimda qolmagan, bu hodisa qayerdadir boshqa mamlakatda bo�lgan edi.

Domla duo kitoblarini ochishni taklif qildi va o�zining shu yerlik odamlarga ma’qul bo�lib qolgan ingichka ohangi bilan duo o�qiy boshladi. U dastlab tovushini o�rtaroq olib, sekin-asta yuqori ko�tara borar, so�nggi so�zini esa qattiqroq tovush bilan aytar edi-da, keyin xuddi mum tishlagandek, tovushini pasaytirardi.

Yaqin do�stim kurash va jafo
Qo�ynida bo�lsa,
Nahotki, yastansam men
Gul to�shaklarda!

Domla juda yaxshi kitobxonlardan hisoblanar edi. Cherkovda o�tkaziladigan kechalarda uning so�zga chiqishini hamisha talab qilar va u so�zlagan vaqtda hamma xotinlar hayajonlanishib, qo�llarini yuqoriga ko�tarishar, keyin esa qo�llarini tizzalari ustiga tushirishib, ko�zlarini yuqoriga qaratishar, boshlarini liqillatishar va shu bilan ularning ajablanishlarini hech bir so�z bilan ifoda qilib bo�lmasligini bildirishar edilar. Bu biz uchun, bizning mamlakat uchun – juda go�zallik.

Munojot aytilib bo�lgandan keyin, hurmatli mister Spreg mahalliy gazetaga aylanib, kelgusi mitinglar, majlislar, suhbatlar va boshqalar haqida juda ko�p narsalar o�qidiki, ibodat qilish uchun kelganlar uning munojotlarini qiyomatga qadar cho�zilar, deb o�yladilar…

So�ngra domla ibodat qilishga kirishdi. Bu ibodat yaxshi, keng ma’noli, saxiy, har bir mayda narsani o�z ichiga sig�diruvchi ibodat edi: chunonchi, u shu yerdagi cherkov, uning mayda bolalari, shu shaharchadagi boshqa cherkovlar to�g�risida, shaharchaning o�zi, bizning butun okrug, bizning shtat to�g�risida, shtatimizdagi chinovniklar to�g�risida, Qo�shma Shtatlar to�g�risida, Qo�shma Shtatlardagi cherkovlar to�g�risida, kongress[8 - Amerika parlamenti.] to�g�risida, prezident to�g�risida, ministrlar to�g�risida, dahshatli bo�ronlarda ishlovchi qashshoq dengizchilar to�g�risida, Yevropa monarxiyasi va Sharq despotiyasi zulmi ostida ezilgan million-million qullar to�g�risida, Tavrot haqiqati yorug�i bilan oqartirilganlar to�g�risida, ko�rishga ko�zlari, eshitishga quloqlari yo�qlar to�g�risida, uzoq dengiz orollaridagi majusiylar to�g�risida aytilgan bir ibodat edi. Bu duolarning hammasi hozir aytmoqchi bo�lgan so�zlar har narsadan oliy bo�lgan dargohga yetib, unumdor yerga tushgan dondek yaxshi hosildor bo�lg�ay. Omin! – degan duolar bilan tamomlanardi.

Shu yerda xotin-qizlar kiyimlarining shaldiragan ovozi eshitildi, cherkovga kelganlar esa o�tirishdi. Kitobimizning shu sahifalarida hayoti tasvir etilayotgan bola, qilinayotgan ibodatlardan juda mamnun emas edi. U qattiq chidash berib, ibodat tamom bo�lishini sabrsizlik bilan kutib o�ltirdi. U joyida o�tirolmas edi: u duoning ayrim so�zlariga e’tibor bermasdan, ba’zi bir yerlariga ixtiyorsiz ravishda quloq solib qolardi. Chunki u, bu duolarga ko�pdan odatlanib qolgan. Ammo domla, ibodatga biror yangilik kirgizib qolsa, Tomning quloqlari buni darhol sezib olar va uning butun vujudi nafratlanar edi. U ibodatning uzilishini vijdonsizlik va noinsoflik deb hisoblar edi.

Domlaning shunday duo munojotlari o�rtasida Tomning diqqatini uning oldidagi kursiga qo�nib o�tirgan bir pashsha o�ziga tortdi. Bu pashsha o�zining harakatlari bilan Tomni og�ir qiynoqqa solar, u tinch va osoyishtalik bilan o�zining ingichka oyoqlarini bir-biriga suykar, o�sha oyoqlari bilan boshini ishqar, ishqagandayam shunday g�ayrat va jasorat bilan ishqar ediki, go�yo boshi tanasidan ajralib chiqqandek bo�lar, bo�ynining ingichka ipi ko�rinar edi. Keyingi oyoqlari bilan qanotlarini silar va o�zining butun shu tariqa bezanishlarini hech bir shoshmasdan tinchgina, go�yo o�zi uchun qo�rqinchli hech bir narsa yo�qligiga ishongandek, bemalollik bilan bajarar edi. Chindan ham, uning uchun qo�rqinchli hech narsa yo�q edi, garchi bu pashshani tutib olish uchun Tomning qo�li qichisa ham, lekin u hozir, ibodat vaqtida bunday ishga jur’at qilolmas edi, basharti u bu ishni qilsa, abadiy gunohkor bo�lib, o�z joniga jabr qilgan bo�lar edi. Biroq, domla duosini o�qib bo�layozgan vaqtda Tomning qo�li o�z-o�zidan oldinga cho�zildi-da, domla «omin» deyishi bilan, pashsha uning qo�liga ilindi. Biroq, xolasi uning bu qilig�ini payqab qolib, tezdan pashshani qo�yib yuborishga majbur etdi.

Domla Tavrotdan bir parchani o�qib bo�lib, gulduragan va bir tekis tovushi bilan va’z boshladi. Uning ovozi shunday zeriktirarli ediki, hademay ko�p kishi mudray boshladi. Va’zchi esa gunohkorlarga berilajak azoblarni so�zlab qo�rqitar, abadiy rohat o�rinlari tayyorlanib qo�yilgan gunohsiz kishilarning sonlarini esa juda kam ko�rsatar ediki, uning so�zicha, bir hovuchgina keladigan gunohsiz kishilarni qutqarish uchun ovora bo�lish ham arzimaydi, degan natijani chiqarish mumkin edi.

Tom, va’z kitobining sahifalarini sanab chiqdi; u va’z kitobining betlarini doim sanab chiqishga ulgura olsa ham, va’zning o�zini yodida saqlab qololmas edi. Biroq bu safar uning ma’nolaridan ham ba’zi narsalar uni qiziqtira boshladi. Domla, odamni larzaga keltiradigan buyuk bir manzarani – dunyodan o�tgan barcha kishilar mahshargohga yig�ilajagini, yo�lbars esa qo�zichoqning oldiga borib yotajagini va go�dak bir bola ularni olg�a yetaklab ketishini tasvir qildi. Bu manzaraning jonlanishi va axloqi Tomni hech bir hayajonlantirmas edi. Tomni faqat butun yer yuzi xalqi oldida o�sha bolaning hissasiga tushgan muhim rol hayron qoldirardi: uning ko�zlari chaqnab ketdi va bu yo�lbars qo�lga o�rgangan bo�lsa, o�sha bola rolini o�ynashga tayyorligini bildirar edi. Biroq bu yerda safsatalar ko�payib, Tomning qayg�usi yana yangilandi.

Birdan u, o�z cho�ntagida qandaydir bir xazina borligini esiga tushirdi-da, darrov uni cho�ntagidan olishga shoshildi. Bu – katta, jag�lari baquvvat, Tomning aytishicha «chaqag�on qora qo�ng�iz» edi. Qo�ng�iz bir piston qutichasiga berkitib qo�yilgan. Tom qutichani ochishi bilanoq qo�ng�iz daf’atan uning qo�lini chaqib oldi. O�z-o�zidan ma’lumki, bola darrov qo�ng�izni bir tomonga irg�itib, u chaqib olgan barmog�ini og�ziga soldi. Qo�ng�iz chalqanchasiga yerga tushib qolib, ag�darilolmay, tipirchilab yotar edi. Tom unga tikilib qarab turar va uni qaytib olgisi kelar edi. Lekin qo�ng�iz ancha olis yerda bo�lib, unga bo�yi yetmas edi. Bu qo�ng�iz ibodat so�zlari va nasihatlarga qiziqmagan ko�pgina kishilar uchun ancha ermak bo�ldi; ular, qo�ng�izning yotgan joydan turib olish uchun ag�darilishga urinayotganini butun diqqatlari bilan kuzatib turar edilar.

Shu vaqt cherkov ichiga tasodifiy ravishda kichkina it – pudel adashib kirib qoldi. U yozning issiq havosidan entikib yolg�iz o�zi qamoqda yotaberganidan zerikib, har xil qiziq narsalarni ko�rgisi va yangi taassurotlarni olgisi kelar edi. Uning ko�zi qo�ng�izga tushdi. Xafachiligidan osiltirib, sudrab yurgan dumini tezda ko�tarib, likillata boshladi. U o�z oldidagi bu o�ljaning atrofida aylanib, olisdan iskab, uzoq vaqt tekshirib turdi; keyin dadillik bilan yaqinroq keldi-da, og�zini ochib qo�ng�izni tishlab olmoqchi bo�ldi, uddasidan chiqolmadi, yana ikkinchi marta, uchinchi marta ham shunday bo�ldi. Bu ish, aftidan, unga ma’qul bo�lib qoldi shekilli, qorni bilan yerga yotib oldi. Qo�ng�iz uning oyoqlari oralarida qoldi; it boyagiday harakatlarini davom ettirdi, bo�lmadi. Keyin u, o�zining bu ishidan zerikdi-da, erinchakligi tutib, mudray boshladi. Uning boshi sekin-asta yerga engashib, iyagi qo�ng�izga tegib ketdi, qo�ng�iz uni chaqib oldi. Pudel angillab, boshini silkitgan edi, qo�ng�iz undan ikki qadam nariroqqa borib yana chalqanchasiga tushib qoldi. Yaqin o�rtada o�tirganlar buni ko�rib, kulgilarini ichlariga sig�dirolmay o�tirar edilar. Ko�plari esa iljaygan yuzlarini yelpig�ich va ro�molcha bilan bekitib olgan edilar. Tom bundan benihoyat mamnun va xursand edi.

Pudelning ko�rinishi anqovroq edi, – aftidan, u o�zining ahmoq bo�lib qolganini o�zi ham sezgan bo�lsa kerak, – shunday bo�lsa ham uning yuragida keki bor va o�ch olishni istar edi. Shuning uchun u sekin-asta qo�ng�izning yoniga kelib, ehtiyotlik bilan unga hamla qila boshladi. Goh u, goh bu tomondan qo�ng�izning ustiga tashlanar, shunda uning oldingi oyoqlari qo�ng�izga tegay-tegay der, ba’zan uning atrofida yurib tishlarini shaqillatar, boshini qimirlatganida, quloqlari shalpillar edi. Nihoyat, uni bu ish ham zeriktirdi; u, oldida uchib yurgan pashshalar bilan shug�ullanib ko�rmoqchi bo�lgan edi, lekin bu ham uni uncha qiziqtirmadi. Tumshug�ini yerga tegizay-tegizay deb, birdan yurib ko�rdi, lekin ko�p o�tmay bundan ham zerikdi; bir-ikki marta esnab, ijirg�anib, og�ir nafas oldi-da, qo�ng�izni butunlay esdan chiqarib yuborib, uning ustiga o�tirib oldi. Shu vaqt ajoyib bir hodisa yuz berdi. Pudel jonining boricha akillab cherkov ichida yugura boshladi. Xuddi mehrobning oldidan yugurib o�tib, eshikka chopdi, akillab vovullashdan bir nafas to�xtamay, eshik oldidan yana orqasiga yugurdi. Chunki, qo�ng�iz uning qornidan mahkam tishlab olganicha, jag�larini bo�shatmay yopishib yotar edi. U qancha ko�p urinib yugursa, qornining og�rig�i shuncha kuchayar edi, natijada it hech tinmay aylana berishidan junlari hurpayib, misli ko�rilmagan sur’at bilan uchib yuruvchi bir quyruqli yulduzga aylangan edi. Ish shuning bilan tugadiki, aqldan ozgan it, jon achchig�ida o�zini bir tomonga tashlab, o�z xo�jayinining tizzasiga borib yiqildi, xo�jayini bo�lsa, uni derazadan tashqariga otib yuborgan edi, uning angillagan ovozi sekin-asta uzoqlashib borib, keyin o�chdi.

Cherkovdagilarning hammasi qizarishib, o�zlarini qahqahlashdan zo�rg�a tiyib qolgan edilar. Hatto domla ham, o�qiyotgan duolaridan yanglishib ketgan; garchi, u o�z so�zlarini o�sha ondayoq tuzatib olgan bo�lsa ham, endi uning so�zlari avvalgidek silliq eshitilmas, dam-badam tutilib qolar, o�z so�zlarining kishilarga ta’sir etishiga ishonchsizlik sezib turar edi. Tinglovchilar bo�lsa uning eng jiddiy va ta’sirli so�zlarini ham kursi orqasidan turib, biror qiziqchilik so�z eshitayotgandek kulimsirab tinglab o�tirar edilar.

Nihoyat, shunday qiyin holatlar tamom bo�lib, va’z so�zlari tugab, «omin» deyilar ekan, o�tirganlarning hammasi, bir og�ir ishdan qutulgandek, chehralari ochilib, bir xo�rsinib qo�ydilar.

Tom Soyer shod va mamnun holda uyiga qaytib kelar ekan: «Agar ibodat vaqtida biror qiziq yangilik kirgizib turilsa, ba’zan cherkov ibodati ham uncha ko�ngilsiz bo�lmas ekan» deb o�ylar edi. Faqat uning shodligi orasida bir narsa qora dog�dek bo�lib, uni xafa qilib turar, u ham bo�lsa qo�ng�izning yo�qolishi edi. Itning «chaqag�on qo�ng�iz» bilan o�ynashganiga qarshiligi yo�q, lekin qo�ng�izni o�zi bilan birga olib ketgani nimasi? Itning bu ishi albatta insofdan emas edi.




Oltinchi bob

TOM BEKKI BILAN TANISHADI


Tom Soyer, dushanba kuni ertalab uyqudan uyg�onarkan, o�zini juda baxtsiz his qildi. Har bir dushanba kuni erta bilan uning ahvoli hamisha shunday bo�lar, chunki uning maktabda kechiradigan azob-uqubatlari haftasi shu dushanba kunidan boshlanar edi. U hatto kechagi kunning bayram bo�lganligi uchun ham achinar, chunki ozodlikda yurgandan keyin, yana erksizlikka duchor bo�lish undan ham og�irroq edi.

Tom o�ylanib yotardi. Birdan unga o�zini kasallikka solish va shuning bilan maktabga bormay, uyda qolish istagi ma’qul tushdi. Chindan ham bu oliyjanob ish bo�lar edi-da! U o�z vujudini tekshirib ko�rdi. Hech bir yeri og�rimaydi va u, o�z tanasining turli yerlarini yana bir qayta qo�li bilan ushlab ko�rdi.

Unga qorni sanchib og�riyotgandek tuyuldi va keyinroq bu og�riq kuchayib ketar degan umid bilan juda sevingan edi. Biroq, aksincha, qornining og�rig�i pasayib, sekin-asta butunlay yo�qolib ketdi. Tom yana o�yga botib turar ekan, birdan tishining qimirlab qolgani esiga tushdi. Bu uning uchun juda qulay bir narsa bo�lib chiqdi, va u, endi ingramoqchi bo�lgan edi. Birdan esiga shunday narsa kelib qoldi, agar tishim, deb og�zimni ochdim degunimcha, xolam darhol tishimni sug�urib olib tashlaydi, bu esa juda alamli bo�lar, deb o�yladi. Shuning uchun u, tish og�rig�ini bir tomonga qo�yib turib, boshqa biror hiyla topishga urinmoqchi bo�ldi. Biroz vaqt hech narsa o�ylab topolmay turdi. Keyin u, bir kishining ikki-uch hafta kasal bo�lib yotgani va unda barmog�idan ajralish xavfi tug�ilgani to�g�risida bir doktorning qilgan hikoyasini esladi. Bola darhol ko�rpaning ostidan oyog�ini chiqarib, bosh barmog�ini tekshirib ko�ra boshladi. Lekin u o�sha kasalning qanday belgilari bo�lishini bilmas edi. Shunday bo�lsa ham bir sinab ko�rsam zarar qilmas, deb o�zidan o�zi ingray boshladi.

Sid uyg�onmay yotar edi.

Tom qattiqroq baqirishga tutindi va unga endi chindan ham barmog�i og�riy boshlagandek tuyuldi.

Sid esa hech qimirlamay, uxlab yotardi.

Tom baqiraverib, hansirab qoldi. U, biroz damini olib nafasini rostlagandan keyin, bir necha marta juda g�alati qilib baqirdi.

Sid xurrak otishdan to�xtamasdi.

Sidning uyg�onmay yotishi Tomning jahlini chiqardi. U, bir-ikki marta «Sid! Sid!» deb chaqirib, ukasining yelkasidan ushlab silkib qo�ydi. Tom yana qattiqroq ingray boshladi. Sid bir esnadi, kerishib olgandan keyin tirsagi bilan suyanib turdi-da, burnini torta-torta Tomga tikilib qarab qoldi. Tom ingrashida davom etar edi. Sid unga qarab:

– Tom! Menga qara! Tom! – dedi.

Javob bo�lmadi.

– Eshitayapsanmi, Tom? Tom Senga nima bo�ldi, Tom?

Sid ham akasining yuziga tikilib qarab, uning yelkasidan ushlab silkib qo�ydi.

Tom qattiq ingrab:

– Qo�y, Sid! Menga tegma! – dedi.

– Senga nima bo�ldi, Tom? Men hozir xolamni chaqiraman.

– Yo�q, kerak emas, chaqirma. Balki bu kasal o�zidan o�zi tuzalib ketar. Hech kimni chaqirma, kerak emas.

– Yo�q, yo�q, albatta chaqirishim kerak. Buncha ingramasang-chi! Qanday yomon bu! Ko�pdan beri og�riydimi?

– Bir necha soat bo�ldi. Voy! Xudo xayr bersin, Sid, menga ko�p qattiq tegma! Sen meni o�ldirib qo�yasan.

– Nega meni oldinroq uyg�otmading, Tom? Unday ingrama, jonim! Sening ingrashingdan badanlarim muz bo�lib ketayotir. Qayering og�riydi?

– Sid, men barcha gunohlaringni kechirdim!… (Ingraydi). Sen mening oldimda har qanday ishga aybli bo�lsang ham, men hammasini kechirdim. Men o�lganimdan keyin…

– Hoy, Tom, nahotki, sen o�lib ketsang? Tom jonim, o�lma… Qo�y, kerak emas, balki…

– Sid, men hammaning gunohini kechirdim. (Ingraydi). Sen shuni ularga yetkiz. Mening deraza ramkam bilan bir ko�zlik mushuk bolamni bo�lsa, ana shu shaharga yaqinda kelgan qizga ber va unga aytginki…

Biroq, Sid shu vaqt chalvorini qo�liga olib yugurganicha ketdi: Tom endi chinakamiga kasal bo�lgan, uning kallasi astoydil ishlar va uning ingrashlari ham juda tabiiy, kasal kishining tovushidek eshitilar edi.

Sid zinapoyadan yugurib tushib borar ekan:

– Xola, Polli xola, tezroq keling! Tom o�lay deb yotipti, – deb baqirdi.

– O�lay deb yotipti, deysanmi?

– Ha, ha, nimaga qarab turasiz? Tezroq yursangiz-chi!

– Behuda gap! Ishonmayman!

Ammo shunday bo�lsa ham, u shoshilganicha yuqoriga qarab yugura boshladi, Sid bilan Meri esa uning orqasidan chopishib bordilar. Polli xolaning ranglari o�chib ketgan, lablari qaltirab turar edi. U, Tomning to�shagi yoniga yetib borar ekan:

– Tom bolam, senga nima bo�ldi? – degan so�zlar og�zidan zo�rg�a chiqdi.

– Oh, xola, men…

– Nima bo�ldi, nima bo�ldi, bolam?

– Oh, xola, barmog�imning ichi o�t bo�lib yonayotir!

Polli xola stulga o�zini tashlab kulib yubordi, keyin yig�ladi, keyin yana kulib, yana yig�ladi. Kampirning bu qilgani uning yuragini ancha bo�shashtirdi, keyin u:

– Tom, meni juda ham qo�rqitib yubording-ku! Qani, endi bunday jinniliklaringni yig�ishtirib qo�yib, o�rningdan tur! – dedi.

Tomning ingragan tovushlari bir damda jimib, barmog�ining og�rig�i ham o�sha ondayoq to�xtadi. Bola biroz xijolat bo�lib:

– Polli xola, bu barmog�im butunlay jonsizlanib qolgandek bo�ldi, u shunday og�ridiki, hatto tishimning og�rig�ini ham unutib yubordim, – dedi.

– Ana, buni ko�ringlar-a! Xo�sh, sening tishingga nima bo�ldi?

– Tishimning bittasi qimirlab qolgan va shunday og�riydiki, chidab bo�lmaydi.

– Ha, bas endi, bo�lmasa yana ingray boshlarsan. Qani, og�zingni och-chi! Ha, tishing chindan ham qimirlab qolgan ekan, biroq bu bilan odam o�lmaydi-ku. Meri, menga bir qatim ipak bilan oshxonadan chala yongan kosovni keltirib ber.

– Jon xola, qo�ying, kerak emas, u endi og�rimaydi. Agar yana og�risa ham men hech ingramayman, hatto og�riganini ham bildirmayman, xolajon, qo�ying, unday qilmang, men uyda qamalib o�tirishni xohlamayman, men maktabga boraman…

– Ha, ha, shunday degin! Sen bu hiylalaringning hammasini, maktabga bormay, o�qish o�rniga baliq ovlab yurish uchun o�ylab chiqargan ekansan-da! oh, Tom, men seni shuncha yaxshi ko�raman-u, sen bo�lsang doim shunday yaramas ishlarni qilib, meni ranjitib yurasan.

Shu orada tish sug�urish asboblarini ham olib keldilar. Polli xola ipning bir uchini sirtmoq qilib bog�ladi-da, uni Tomning og�rigan tishiga solib, ipning bir uchini bo�lsa karavotning temiriga bog�lab qo�ydi. Keyin, yonib turgan kosovni olib, uni Tomning basharasiga qarab turtmoqchi bo�lganda, Tom boshini bir silkib, tortib yuborgan edi, uning tishi sug�urilib chiqib, karavotga bog�langan ipda osilib qoldi.

Kishining har bir tortgan qiyinchiligi qanday bo�lsa ham mukofotlanmay qolmaydi. Tom nonushtani qilib maktabga kelganida hamma o�rtoqlari unga suqlanib qaray boshladilar, chunki uning yuqoridagi qator tishlari orasida bo�sh qolgan yeri unga juda yangi va bugungacha hech ko�rilmagan usulda tupurishga imkoniyat berardi. Uning bu ahvoliga qiziqqan bolalar, orqasidan talashib ergashib yurar edilar. Bundan ilgari bolalardan biri barmog�ini pichoq bilan kesib olib, uning bilan barcha bolalarning hurmat va diqqatini o�ziga tortib yurar edi, bolalar Tomning tishini ko�rganlaridan keyin, unga qaramay qo�ydilar. Bu bilan u, o�z ixlosmandlarini yo�qotdi, uning shuhrati so�ndi. Shu sababli u ancha xafa bo�ldi va Tomga istehzo bilan qarab: «Tom Soyerning bunday tupirishi hech gap emas, uni har kim ham qila oladi» – dedi; boshqa bir bola esa «Yoshsiz, halig�o�rasiz!» deb qo�ydi. Shundan keyin bolaning ancha shaxdi qaytib, bularning oldidan nari ketdi.

Oradan ko�p vaqt o�tmay, Tom, shaharda hammaga mashhur bo�lgan bir araqxo�rning o�g�li – Geklberri Fin degan bola bilan uchrashdi. Shahardagi hamma bolalarning onalari Geklberrini chin ko�ngillaridan yomon ko�rar, lekin shu bilan birga, undan juda qo�rqar edilar, chunki u juda yalqov, yaramas, axloqsiz bola bo�lib, hech qanday tartib va qonunlarga bo�ysunmas edi. Yana shuning uchun qo�rqar edilarki, bolalarning hammasi ham undan o�zlarini olib qochmas, garchi taqiq qilingan bo�lsa-da, u bilan o�ynashni, birga bo�lishni sevar va hamma narsada unga ergashmoqchi bo�lar edilar. Tom, «yaxshi xonadonlardan» chiqqan bolalardek, kuni bo�yi hech bir ish qilmay yuradigan bu bolaga qiziqib qarar edi. Bu chuvrindi bola bilan o�ynash Tomga ham qattiq man qilingan edi. Albatta, xuddi shuning uchun, Tom ham bu bola bilan biroz o�ynab olish yo�lida har bir to�g�ri kelgan paytdan foydalanib qolishga tirishar edi. Geklberri kattalarning egnidan tushgan eski-tuski uvadalarni kiyib yurar edi. Yilning har qanday mavsumida ham uning kiyimi har xil dog�lar bilan qoplanib, uvadalari osilib yurar, boshidagi qalpog�i ham go�yo nuragan chordevorga o�xshar, qalpog�ining bir parcha yirtiq yeri xuddi yarim oy singari pastki tomonga cho�zilib tushgan edi. Ustidagi kamzuli birovning eskisi bo�lgani uchun, etagi tovonlariga tegib yurar, uning orqa tomondagi, beldan yuqori yerdagi tugmalari esa belidan ancha pastda turar, chalvori bittagina ip bilan yelkasiga tortib qo�yilgan, orqa tomoni esa halpillab osilib yotar, pastki pochalari titilib ketgan va loyda sudralib yurar edi. Geklberri qayerni xohlasa shu yerda daydib yuruvchi erkin bir qushcha edi. Havo ochiq vaqtlarda u harqayerda, eshik ostonalarida tunab qolar, yog�ingarlik vaqtlarda esa bo�sh bochkalar ichiga kirib yotardi. Uni hech kim maktabga va cherkovga borishga majbur etmasdi. Uning bo�ysunadigan kishisi, ya’ni tepasidan xo�jayinlik qiluvchi kishisi yo�q.U, xohlagan vaqtida va xohlagan yerida baliq ovlab yoki cho�milib yurar va suv ichida ham xohlaganicha o�tira berar edi. Birov bilan mushtlashishni ham unga hech kim man qilmasdi. Uxlashga ham xohlagan vaqtida, hatto yarim kechadan keyin ham borib yota berardi. Ko�klam bo�lsa, u boshqa bolalarning hammasidan oldin yalangoyoq yura boshlar, kuzda esa oyoqlariga hammadan keyin etik kiyar edi. U yuz-qo�llarini yuvishni va toza kiyim-bosh kiyishni hech o�ylamasdi. So�kishishga kelganda esa, juda usta edi. Xullas, bu bola, hayotga shodlik kiritadigan xususiyatlarning hammasini egallagan edi… Sankt-Peterburgning «yaxshi uylari»da «yaxshi tarbiya» olgan va o�z erklari bilan yura olmaydigan bolalarning hammasi shunday deb o�ylar edilar. Tom haligi romantik daydi bolaga salom berib:

– Hoy, Geklberri! Beri kel! – deb chaqirdi.

– Ishing bo�lsa o�zing kelaqol…

– Qo�lingdagi nima?

– O�lgan mushuk.

– Qani, Gek, menga ber, bir ko�ray! Juda qotirib qo�yibsan-ku. Qayerdan topding buni?

– Bir boladan sotib oldim…

– Nima berding?

– Bitta ko�k bilet bilan kushxonadan o�g�irlab olgan ho�kizning pufagini berib oldim…

– Ko�k biletni qayerdan olding?

– Bundan ikki hafta ilgari Ben Rojersdan bir qamchi berib olganman.

– Menga qara, Gek, bu o�lgan mushuging nimaga yaraydi?

– Nimaga yaraydi, deysanmi? So�galni yo�qotadi.

– Rostdanmi? Men uning bundan ko�ra yaxshiroq dorisini bilaman.

– Bundan yaxshi dorisi yo�qligiga garov bog�lashaman, sening aytganing qanday narsa?

– Sasigan suv.

– Sasigan suvmi? Sen aytgan sasigan suv hech narsaga yaramaydi.

– Hech narsaga yaramaydi? Sen uni so�gallarni yo�qotish yo�lida ishlatib ko�rganmisan?

– Ishlatib ko�rgan emasman. Bob Tanner buni sinab ko�rgan.

– Sen buni qayerdan bilasan?

– U buni Jef Techerga aytgan. Jef Jonni Bekkerga aytgan. Jonni Jim Xolmsga aytgan. Jim Ben Rojersga aytgan. Ben bir negrga aytgan. Negr esa menga kelib aytdi. Shuning uchun men buni bilaman.

– Xo�sh, nima bo�pti? Ular hammasi yolg�onni juda boplaydilar. Faqat sen aytgan negrni bilmayman. Biroq negrlarning ham yolg�on so�zlamaydiganlarini men shu vaqtgacha ko�rgan emasman. Bularning hammasi quruq safsata! Gek, sen menga ayt-chi, Bob Tanner so�gallarni qanday qilib yo�qotdi?

– Ortiqcha bir ish qilgani yo�q. Daraxtning chirik, kavak bo�lib qolgan yerida to�planib qolgan yomg�ir suviga qo�lini tiqib olgan, xolos.

– Kuppa-kunduz kuni-ya?

– Albatta.

– O�sha daraxt to�nkasiga qarab turib-a?

– Ha, shunday. Boshqacha iloji bo�larmidi?

– Shunday qilayotganida, u biror narsa deb so�zlaganmi?

– Hech narsa demagan bo�lsa kerak… Bunisini men qaydan bilayin?

– Ha, ha. Sen hali bir ishni yaxshilab udda qila olmaysan-u, yana shu sasigan suv bilan so�gallarni yo�qotmoqchi bo�lib yurasanmi? O�z-o�zidan ma’lumki, bunday aqlsizlikdan hech qanday natija chiqmaydi. Buning uchun, kishi yolg�iz o�zi eng qalin o�rmon orasiga borib, shunday sasigan suv bor daraxtni mo�ljallab kelishi, so�ngra xuddi yarim kechada o�sha daraxt yoniga borib unga orqasini o�girib turib, qo�llarini o�sha daraxt kavagidagi suvga tiqishi va qo�llarini suvga tiqqan vaqtda:

Arpa – don, arpa – don,
To�kilib un bo�l,
Sassiq suv, sassiq suv,
So�gallarni yuv!

deb aytishi kerak. Shundan keyin darhol ko�zlarini yumib, o�sha daraxt yonidan o�n bir qadam nariga borishi, keyin uch marta to�xtab, orqasiga burilib qarashi va yo�lda hech kim bilan so�zlashmasdan uyga qaytishi kerak. Agar shunda og�zingdan biror kalima so�z chiqarsang, qilgan hamma ishlaring bekor bo�ladi.

– To�g�ri, bu aytganlaring chinga o�xshaydi, faqat Bob Tanner buni boshqacha usul bilan qilar edi.

– Albatta, u o�z bilganicha qilib yurgandir! Shaharimizdagi hamma bolalarning ichida uning so�gali ko�proq. Agar u, so�galni sassiq suv bilan yo�qotish yo�lini bilganida, uning so�galidan birorta ham qolmas edi. Shunday yo�l bilan men o�zim ham mingtachasini yo�q qilib yubordim. So�gallar menda juda ko�p edi, chunki men ko�p vaqt qurbaqalarni o�ynar edim. Ba’zan men so�gallarni no�xat poyalari bilan yo�qotardim.

– Ha, bu yaxshi dori. O�zim ham uni qilib ko�rganman.

– Qanday qilib?

– No�xat poyasini olib, ikki bo�lakka ajratasan. Keyin bir tomchi qon olish uchun so�galingni pichoq bilan kesasan va shu qon bilan no�xat poyasining yarmini qonlab, so�ngra chuqur kovlab shuni yerga ko�masan… Yarim kechada, ko�kda oy bo�lmagan vaqtda, yo�lning ayrilish joyiga ko�masan… Ikkinchi yarmini esa kuydirib tashlaysan. Shunday qilsang qonli birinchi poya o�ziga poyaning ikkinchi yarmini tortadi. Shu orada qon so�galni o�ziga tortadi va so�gal darrov yo�qoladi.

– To�g�ri aytasan, Gek, to�g�ri, agar sen qonlangan poyani yerga ko�mayotib, «poya yerga kirsin, so�gal yo�qolsin, bundan keyin meni qiynamasin» degan so�zlarni aytsang, yana yaxshiroq bo�lar edi. Shunday qilsang, tezroq yo�qoladi. Jo Garper so�gallarni shunday yo�qotadi, u juda tajribali, ko�pni ko�rgan kishi… Xo�sh, o�lik mushuk bilan so�galni sen qanday qilib yo�qotasan?

– Mana bunday. Mushukni olib yarim kechaga yaqinlashganda qabristonga bor, unda bir badjahl kishi ko�milgan yerni top, yarim kecha bo�lganda o�sha yerga shayton keladi, balki ulardan ikkita-uchtasi ham kelishi mumkin, biroq, ular sening ko�zingga ko�rinmaydilar, sen faqat shamol sharpasidek tovush eshitasan, balki ularning o�zaro so�zlashganlarini ham eshitarsan. Shunday qilib, ular o�likni olib keta boshlaganlarida, sen qo�lingdagi o�lik mushukni ularning orqasidan otib: «Shayton o�likning orqasidan, mushuk shaytonning orqasidan ketdilar, so�gallar ham endi mushukning orqasidan ketsinlar, ular menga kerak emas!», – deysan. Shunday qilsang, so�gallaring bitta qolmay to�kilib ketadi.

– Bu so�zlaring chinga o�xshaydi, Gek, sen o�zing buni qilib ko�rganmisan?

– Yo�q. Buni menga Gopkins degan qari xolam aytib bergan edi.

– Unday bo�lsa bu to�g�ri gap. Gopkins xolani jodugar deb so�zlaydilar-ku.

– So�zlaganlari nimasi! Men o�zim buni yaxshi bilaman. U mening otamni ham shunday qilib ishdan chiqardi. Otamning o�zi menga aytib bergan. Bir kuni otam kelayotsa, o�sha kampir otamga qarab «sehr qilayotgan» emish. Otam yerdan bir katta tosh olib unga otgan ekan, u o�zini zo�rg�a chetga olib qolgan. Xuddi o�sha kuni kechasi otam ayvonchaning tomi ustiga chiqib, mast holda uxlab yotgan yeridan yumalab ketib, qo�lini sindirib olgan.

– Juda qiziq gaplar-a! Xo�sh, uning «sehrlayotganini» otang qanday bilgan?

– Nega bilmasin! Otam: jodugarning sehrlashini bilish hech gap emas, dedi. Otam shunday deydi: agar kimki senga qattiq tikilib qarasa va o�zicha nimalarnidir so�zlab, ming�illab tursa, albatta, o�sha kishi sehr qilayotgan bo�ladi. Chunki jodugarning ming�illab so�zlayotgani – duolarni teskari o�qiyotgani bo�ladi, tushundingmi?








– Menga qara, Gek, sen o�z mushuging bilan qachon tajriba qilib ko�rmoqchisan?

– Bugun kechasi. Fikrimcha, Vilyams cholning o�ligiga shu kechasi albatta shaytonlar kelishsa kerak.

– Gek, uni shanba kuni ko�mganlar-ku. Uni o�sha shanba kuni kechasiyoq olib qochib ketgan bo�lsalar kerak.

– Nimalar deb valdirayapsan, axir! Yarim kecha bo�lmay turib, ular qanday qilib uni olib ketsinlar? Yarim kechadan keyin esa yakshanba kuni bo�ladi. Shaytonlarning yakshanba kunlari yer yuzida erkin yurganliklarini men shu vaqtgacha eshitgan emasman.

– To�g�ri aytasan. Bu haqda men o�ylamaganman. Meni o�zing bilan olib borasanmi?

– Agar qo�rqmasang, albatta, olib boraman.

– Qo�rqar edimmi! Gapingni qara-ya! Sen derazaning ostiga kelib miyovlaysanmi?

– Ha, men miyovlayman… Agar chiqolsang sen ham menga javoban miyovlab qo�y. O�tgan safar shunday qilib, mening qancha vaqtimni olding. Men o�sha kuni miyovlayverib charchadim, oxiri Geys degan chol chiqib, menga tosh otib: «Baloga yo�liqsin-da shu mushuk!» – dedi. Men uning shu qilgan ishi uchun deraza oynasini g�isht bilan urib sindirdim, faqat buni hech kimga aytma.

– Xo�p bo�ladi. O�sha kechasi men hech miyovlay olmadim, chunki xolam hamma vaqt mening orqamdan poylab yurdi. Bugun esa albatta miyovlayman. Menga qara, Gek, u qo�lingdagi nima?

– Yo�q, hech narsa emas, anchayin kana.

– Qayerdan olding uni?

– O�rmondan topib oldim.

– Qanchaga berasan?

– Bilmadim. Men uni sotmoqchi emasman.

– O�zing bilasan. Kanang ham kichkinagina ekan.

– Bo�lmasa-chi! Birovning narsasini hammavaqt yomonlab yerga urmoqchi bo�ladilar-da! Menga esa shuning o�zi yaxshi.

– O�rmonda bunday kanalardan mingta desang ham topiladi. Agar men istasam, bulardan allaqanchasini topar edim.

– Xo�sh, bo�lmasa nega bormaysan? Ha, ha. Bu ish qo�lingdan kelmasligiga aqling yetadi-da. Senga aytsam, qo�limdagi kana bu yilgi kanalarning ichida eng erta yetilgani.

– Menga qara, Gek, sen menga shu kanangni bersang, men senga o�zimning tishimni beraman.

– Qani, ko�rayinchi.

Tom qo�ynidan qog�ozga o�ralgan bir narsani olib, sekin-asta ochdi. Geklberri tishni diqqat bilan ko�zdan kechirdi. U bunga juda ortiq darajada qiziqib qolgan edi. Nihoyat, u Tomga qarab:

– Bu chinakam tishmi? – deb so�radi.

Tom, ustki labini ko�tarib, tishi tushgan bo�sh o�rinni ko�rsatdi.

– Bo�ldi, bo�ldi, – dedi Geklberri. – Qani, bor baraka.

Tom kanani olib, qo�ng�iz saqlagan piston qutichasiga solib qo�ydi va ikkalasi ham qilgan ishlaridan xursand bo�lishib, bir-birlaridan ajralishdi.

Tom, maktab joylashgan kichkinagina yog�och uyga yaqinlashib borar ekan, darsga insof bilan oshiqib kelayotgan bolalardek, shoshilganicha binoning ichiga kirib, boshidagi qalpog�ini mixga ilib qo�ydi-da, ishi tiqilinch kishilardek kursiga o�tirdi. Eskirib, kishi o�tiradigan yerlari yorilib ketgan baland o�rindiqda o�tirgan muallim, bolalarning darsni takrorlab g�o�ng�irlashgan tovushlari ichida tinchlanib, mudramoqda edi. Tomning kirishi uni uyg�otib yubordi.

– Tomas Soyer! – dedi u.

Muallimi uning ismi va laqabini to�la aytganida, bundan yaxshilik chiqmasligini yaxshi anglardi.

– Labbay, ser! – deb javob berdi Tom.

– Buyoqqa kel! Qani, ser, bugun yana nimauchun kechikib keldingiz?

Tom biror yolg�on gap to�qimoqchi edi, lekin xuddi shu vaqt ko�ziga, o�rilgan uzun sariq sochlar chalindi. U, bu sochlarni sevgi-muhabbat o�tlari tufayli darhol tanib oldi. U sinfning qizlar o�tirgan yarim bo�lagida faqat o�sha qizning yonidagi joyning bo�sh ekanini ko�rdi-da, birdan:

– Men yo�lda Geklberri Finn bilan biroz so�zlashib qoldim, – deb javob berdi.

Muallim bo�g�ilib ketdi: u, o�zini yo�qotib qo�yib, Tomga g�azab bilan tikilar edi. Bolalarning g�ovur-g�uvurlari tindi. Ular bir-birlaridan: «Bu bola jinni bo�ldimi, nega shunday deb javob beradi?» – deb so�radilar. Piravordida muallim so�zga kirishib:

– Sen… Sen nima ish qildim, deding? – deb so�radi.

– Men yo�lda to�xtab, Geklberri Finn bilan biroz gaplashdim.

– Tomas Soyer, sening bu tariqa javob berishing kishini hayron qoldiradi va men bunday javobni umrimda birinchi marta eshitishim. Bunday orsizlarcha jasorat qilganing uchun, seni jazvar taxta bilan urish kifoya qilmaydi. Qani, nimchangni yech!

Muallim qo�llari charchaguncha urdi-da, keyin:

– Endi, ser, borib qizlar bilan birga o�tir! Bu kaltak sen uchun saboq bo�lsin, – dedi.

Sinf ichidagi bolalarning hiring-hiring qilib kulishlari uni ancha uyaltirdi. Haqiqatda esa bu his unda boshqa, katta sabablar tufayli tug�ilgan edi. Tom qarag�ay kursining bir chekkasiga borib o�tirdi.

Qiz boshini bir silkib qo�ydi-da, undan nariroqqa siljib o�tirdi. Ro�parasidagi bolalarning hammasi bir-birlariga ko�z qisishib, shivirlashardilar. Ammo Tom esa, pastak uzun partaga suyanganicha, tinchgina, odob bilan kitobini o�qiy boshladi. Sinfdagi bolalar ham uning qiliqlarini bora-bora eslaridan chiqarib o�z o�qishlari bilan ovora bo�lib, avvalgidek gurunglasha boshladilar. Shundan keyin Tom, sekin-asta yashirincha yonida o�tirgan qizga qaradi. Qiz ham uning qaraganini sezib, lablarini burishtirdi-da, orqasini o�girib oldi. Birozdan keyin u qaytadan sekingina Tomga qayrilib qaragan edi, yonida turgan bir shaftoliga ko�zi tushdi. Qiz uni itarib tashladi. Tom uni yana avvalgi joyiga qo�ydi. Qiz yana itarib tashladi, lekin bu gal avvalgidek dushmanlik nazari bilan qaramadi. Tom shaftolini yana qaytadan uning oldiga surib qo�ygan edi, qiz bu gal unga tegmadi. Tom oldida yotgan qora taxtachaga «Marhamat qilib shuni oling, menda yana bor», deb yozib ko�rsatdi. Qiz taxtaga qarasa hamki, hech javob bermadi. Shu paytda bola, chap qo�li bilan taxtani qizdan pana qilib, unga yana allanimalarning rasmlarini chiza boshladi. Qiz bunga dastlab e’tibor qilmagandek bo�lib o�tirsa ham, keyin-keyin qiziqish tug�ila boshladi. Bola, buni sezmagandek taxtaga chizib o�tirishda davom etar, qiz esa o�zining qiziqqanini bolaga bildirmasdan, uning chizgan rasmini ko�rishga intilar edi. Tom bo�lsa hali ham, buni payqamagandek bo�lib o�tirardi. Nihoyat, qiz chidab turolmadi, sekin-asta shivirlab:

– Menga bering, bir ko�ray! – dedi.

Tom o�zi chizib o�tirgan va anchagina karikatura qilib ishlangan rasmning bir chetini ochib ko�rsatdi. Unda tomi ikki yoqqa nishab qilib olingan va tom ustida mo�rilaridan buralib-buralib tutun chiqib turgan bir uyning rasmi tushirilgan edi.

– Qanday chiroyli-a! Endi bir kishining suratini soling, – dedi.

Rassom o�sha uy yoniga hovli yuzida turgan bir kishining suratini soldi. U kishi go�yo og�ir yuklarni ko�taradigan kranga o�xshar va shunchalik novcha ediki, agar u istasa, o�sha uy ustidan bemalol hatlab o�ta olar edi. Biroq qiz janjallashib o�tirishga qobil emasdi, shuning uchun ham u shunchalik xunuk bir suratdan mamnun bo�lib:

– Juda ham yaxshi bo�ldi! Endi shu kishining ro�parasiga mening ham suratimni solib qo�ying, – dedi.

Tom, go�yo qum soatiga o�xshatib chiziqlar tortib, tepasiga to�linoy nusxasidek qilib uning yuzini ishladi, ingichka cho�pdek qilib qo�l va oyoqlari shaklini chizdi, barmoqlari yozilgan qo�liga katta yelpig�ich tutqizib qo�ydi. Qiz buni ko�rar ekan:

– Bu ham juda yaxshi bo�ldi. Men ham rasm solishni o�rganishni istar edim! – deb qo�ydi.

– Bu ish uncha qiyin emas, – dedi Tom shivirlab, – o�zim sizga o�rgatib qo�yaman.

– Chindanmi? Qachon o�rgatasiz?

– Hali, katta tanaffus bo�lganida o�rgatib qo�yaman. Siz ovqat qilgani uyga borasizmi?

– Istasangiz, bormasligim ham mumkin.

– Durust. Sizning otingiz nima?

– Bekki Techer. Sizniki-chi? Ha, bilaman-a. Tomas Soyer.

– Meni biror narsa uchun jazolaydigan bo�lganlarida shunday deb ataydilar. Men o�zimni yaxshi tutib yursam, meni to�g�ridan-to�g�ri Tom deb ataydilar. Siz ham meni Tom, deb ayting, xo�pmi?

– Xo�p bo�ladi.

Tom yana taxtaga nimalarnidir yoza boshladi va yozgan narsasini qizdan yashirdi. Biroq, qiz endi o�zini chetga tortmay, balki Tomdan yozayotgan narsasini ko�rsatishni so�radi. Tom unga turli bahonalar topib:

– Yo�q, unda hech narsa yo�q, – derdi.

– Bor, unda bir narsa bor!

– Yo�q, hech narsa yo�q; bor bo�lgani bilan siz uni ko�rgingiz ham kelmaydi-ku.

– Yo�q, men uni juda ko�rgim keladi, chin aytayapman. O�shani menga ko�rsating!

– Birovga aytib qo�yasiz.

– Yo�q, hech kimga aytmayman!

– Hech kimga, o�la-o�lguningizcha hech kimga aytmaysiz-a?

– Hech kimga aytmayman, ko�rsata qoling endi!

– Ko�rgingiz kelmaydi-ku, nega buncha qistaysiz…

– Tom, siz, har qancha o�jarlik qilganingiz bilan ham, men ko�raman dedim, ko�raman.

Shu so�zlardan keyin u kichkina qo�llarini Tomning qo�llari ustiga qo�ydi. Orada yengilgina kurash boshlandi. Tom ko�rinishda qarshilik qilayotgandek bo�lsa ham, lekin o�zi sekin-asta qo�lini siljitib yozuv ustidan olib borar edi. Nihoyat, taxtadagi yozuv ochilib: «Men sizni yaxshi ko�raman!» degan so�z ko�zga chalindi. Qiz birdan o�zgarib:

– Voy, basharangiz qursin! – dedi-da, Tomning qo�liga qattiqqina bir urdi. Shu bilan birga qiz qip-qizarib ketdi, go�yo o�z-o�zidan mag�rurdek ko�rindi.

Xuddi shu paytda kimdir qulog�idan mahkam ushlab cho�zayotganini va partadan ko�tara boshlaganini Tom sezib qoldi. Shu zaylda uni butun sinfdagi bolalarning qichqirib kulishlari ostida qulog�idan sudrab olib borib, sinfning ikkinchi tomoniga – o�z o�rniga o�tirg�izib qo�ydilar. Muallim bir necha minut davom etgan sukunat ichida indamay uning tepasida turdi-da, keyin churq etmay sekin-asta o�z o�rniga qarab ketdi.

Tomning qulog�i og�riq zarbidan lovullab yonayotgandek bo�lsa hamki, yuragi quvonch bilan to�lgan edi.

Maktab ichi tinchlanganidan keyin, Tom, insof bilan o�zini yaxshi tutib, ya’ni zehn qo�yib o�qishga urindi, lekin uning kallasi turli o�ylar bilan g�uvullab ketgan edi. Kitob o�qish darsida u yanglishib, bir so�z o�rniga boshqa bir so�zni aytar, jug�rofiyada esa ko�llarni tog� qilib, tog�larni daryo qilib, daryolarni quruq yerga aylantirib yuborar, xullaski, uning so�zlaridan dunyo yaratilishidan avvalgi vaqtlarda hukm surgan tuturiqsiz bir narsa kelib chiqar edi. Husnixat darsida ham eng oddiy so�zlarda son-sanoqsiz xatolar qilib, xullas, o�quvchilar orasida hammadan past darajaga tushdi; bundan bir necha oy ilgari yaxshi o�qiganligi uchun unga taqdim etilgan va u mag�rurlik bilan ko�kragiga taqib yurgan qalayi nishonini ham undan olishib, boshqa o�quvchiga berdilar.




Yettinchi bob

KANANI QUVISH VA PORALANGAN YURAK


Tom diqqatini kitobga qaratmoqchi bo�lib qancha harakat qilsa hamki, xayoli bir yerda turmay, tarqalib ketar edi. Nihoyat, u, zerikkanidan og�ir bir esnab, kitobni yig�ishtirib qo�ydi. Uning nazarida katta tanaffus hech bo�lmaydigandek ko�rinar edi. Tevarak-atrof jimjit… Na tiq etgan bir ovoz, na nafas olgan tovush eshitilardi. Kishida yalqovlik tug�dirib, uyquni keltiradigan kunlarning ichida eng uyqu keltiradigan kun mana shu kun edi. Yigirma beshta maktab bolasining asalariga o�xshab g�o�ng�irlashib, darslarini takrorlashayotgan vaqtdagi tovushlari uning joniga orom bergandek va go�yo uni allalagandek bo�lardi.

Uzoqda, quyoshning yorqin shu’lasida, olisdan xuddi qip-qizil bo�lib ko�ringan va ko�z ilg�amas sarob bilan qurshalgan Kardif tog�larining nozik, yashil etaklari ko�zga chalinar edi; osmonda, juda balandlikda, bir necha qush yalqovlanib uchib yurishardi. Bir-ikkita uxlab yotgan sigirlarni hisobga olmaganda, o�sha qushlardan boshqa jon egasi ko�rinmas edi.

Tomning jon-dili bilan istagan hozirgi orzusi – ozodlikka chiqib olish, yoki hech bo�lmasa, bunday qayg�uli ravishda cho�zilgan vaqtni o�tkazish uchun birorta qiziqroq mashg�ulot topib olish edi. Qo�lini cho�ntagiga solishi bilanoq, uning chehrasida shodlik alomatlari paydo bo�ldi. U sekin-asta cho�ntagidan yashirin ravishda qutichani chiqarib, uning ichidagi kanani oldi-da, partaning uzun, tekis taxtasi ustiga qo�ydi. Kana, aftidan, shu damda juda shod va mamnun bo�lgan bo�lsa ham, lekin uning bu shodligi vaqtinchalik bir narsa edi, chunki u, turgan yeridan qo�zg�alib ketishi bilanoq Tom uni qo�lidagi to�g�nog�ich bilan orqaga burib, boshqa yoqqa qarab yurishga majbur qildi.

Tomning yonida uning eski qadrdon do�sti o�tirar va u ham Tomdan kamroq zerikmagan edi. Tomning oldida yurgan bu kanani ko�rishi bilan u ham juda shodlanib ketdi. Bu qadrdon do�stining oti Jo Garper edi. Bu ikki bola u haftadan bu haftagacha bir-birovidan hech bir ajralmas, bayram kunlari bo�lganida esa bir-biriga qarshi ikki qo�shinning boshida turib urush ochar edi.

Jo ham nimchasining yoqasi ostidan bir to�g�nog�ichni olib, kanani uyoqdan-buyoqqa haydash uchun o�z o�rtog�iga yordam bera boshladi. Bora-bora ikkovlari ham bu ishga juda qiziqib ketdilar.

Nihoyat, Tom: «Har ikkalamiz ham bir-birimizga xalaqit berayotirmiz va bu mashg�ulotimizdan ikkovimiz ham mamnun bo�lolmas ekanmiz» – dedi. U partaning ustiga Jo Garperning qora toshtaxtasini qo�yib, uning o�rtasidan yuqoridan-pastgacha chizib tushdi.

– Mana, – dedi u, – shunday shart qilamiz: kana sening tomoningda yurgan vaqtda, sen uni istagan yeringga quvlab yubora olasan, men tegmayman, basharti, mening tomonimga o�tib qolsa, yana qaytib sening tomoningga o�tguncha, unga tegmaysan. Xo�pmi?

– Xo�p bo�ladi. Qani, boshla bo�lmasa!

Kana tezlikda Tomning oldidan qochib ketdi va «ekvator»ni kesib o�tdi. Jo uning ketidan ko�p ovora bo�lib yurdi, keyin kana yana Tomning oldiga qaytib ketdi va bu borish-kelishlar juda ko�p takrorlandi. Bolalardan biri kanani u yoqdan-bu yoqqa quvlab yurar ekan, ikkinchisi ham juda qiziqib uni kuzatib turar edi. Ikkovlari ham taxta ustiga engashib olganlari holda butun vujudlari bilan shunga berilganliklaridan, ularning ko�zlariga boshqa hech narsa ko�rinmas edi. Keyinroq borib, aftidan, butun omad uzil-kesil Jo qo�liga o�tdi. Bolalardan ham ko�proq hayajon va tashvishga tushgan kana goho u yoqqa, goho bu yoqqa o�rmalar, lekin har safar Tomning yutib chiqishi kutilib, uning qo�li qichib turgan paytda, Jo darhol kanani to�g�nog�ich bilan turtardi-da, o�z tomoniga burib yuborar edi. Nihoyat, Tom bunday ahvolga chidayolmadi, qo�lini cho�zib to�g�nog�ichi bilan kananing yo�lini to�sdi. Buni ko�rgan Joning jahli chiqib:

– Tom, tegma unga! – deb baqirdi.

– Jo, men uni birozgina quvlamoqchiman!

– Bu noinsoflik bo�ladi, ser, tinch qo�ying endi uni!

– Ko�p g�ingshiyverma, birozgina o�ynayman-da!

– Senga aytaman, kanani tinch qo�y, deyman!

– Tinch qo�ymayman!

– Sen unga tegolmaysan, u mening tomonimda.

– Xo�sh, Jo Garper, kananing o�zi kimniki?

– Kimniki bo�lsa bo�laversin… Hozir u mening tomonimda, demak, sen unga tega olmaysan!

– Nega tegolmayman! Kana meniki, shuninguchun nimani xohlasam, shuni qilaman!

Shu vaqt Tomning yelkasiga yo�g�on bir musht tegdi. Undan keyin Jo ham xuddi shunday bir musht yedi. Shu ravishda, muallim ikki minut davomida har ikkovining nimchalaridagi changlarni astoydil qoqib qo�ydi va maktab binosi bolalarning qiy-chuvlari bilan to�ldi. Bolalar o�yinga qattiq berilib ketganliklaridan, maktabda birdan jimjitlik hukm surganini ham sezmay qolgan edilar, chunki muallim oyoq uchi bilan yurib ularning oldiga borgan va tepalariga kelib turgan edi. Muallim ularning o�yinlarini anchagacha kuzatgandan keyingina savalashga kirishdi.

Nihoyat, soat o�n ikkini urib, katta tanaffus bo�lganida, Tom Bekki Techer yoniga chopqillab bordi-da, uning qulog�iga shivirlab:

– Qalpog�ingni kiyib, uyga ketayotgan kishi bo�l, burchakka yetgandan keyin boshqalarga yo�l ber-da, o�zing tor ko�chaga burilib bu yoqqa qaytib kel. Men ham boshqa ko�cha bilan borib, tezdan shu yerga qaytib kelaman, – dedi.

Shunday qilib, Tom bir to�da maktab bolalari bilan, Bekki ikkinchi bir to�da bolalar bilan maktabdan chiqdilar. Birpasdan keyin ular bir ko�kalamzor oldida uchrashib, ikkovlari birga maktabga qaytib kelganlarida, maktabda hech kim yo�q edi. Ular qora taxtani oldilariga qo�yib, yonma-yon o�tirdilar. Tom, Bekkining qo�liga bir tosh qalam tutqizdi-da, uning qo�lini o�z qo�li bilan yurgizib, yana bitta g�alati uy surati ishladi. Salda zerikib ular o�zaro so�zlasha boshladilar. Tom o�zini cheksiz baxtiyor his qildi.

– Sen kalamushlarni yoqtirasanmi? – deb so�radi u.

– Pufey-y… men ularni juda yomon ko�raman!

– Ularning tiriklarini men ham yomon ko�raman. Men o�lgan kalamushlar to�g�risida so�zlayotirman. Bo�yinlaridan ip bog�lab olib, ularni boshingdan oshirib aylantirib yursang bo�ladi.

– Yo�q, men kalamushlarni umuman yomon ko�raman. Mening yaxshi ko�rgan bir narsam bor, u ham bo�lsa, rezinka chaynab yurish.

– Ha, chindan-a! Afsuski, menda hozir rezinka yo�q.

– Chindanmi? Menda ozroq bor. Senga beray, biroz chaynab, keyin menga qaytib ber.

Bu ish ular uchun juda ko�ngilli edi, ular ortiq darajada mamnuniyat bilan oyoqlarini o�ynatib, navbat bilan uni chaynashib o�tirdilar.

– Sen ot o�yiniga borganmisan?

– Ha, borgan edim, agar men aqlli qiz bo�lib yursam, otam yana olib bormoqchi bo�ldi.

– Men ot o�yinida uch-to�rt marta bo�ldim, ko�p bo�ldim! U yer cherkovdan ko�ra ko�ngilliroq: unda hammavaqt yangi narsalarni ko�rsatib turadilar. Men katta bo�lganimda, ot o�yiniga kirib masxaraboz bo�laman.

– Chindanmi? Juda yaxshi bo�ladi-da! Ular hammasi juda yaxshi, rango-rang…

– Ha, ular o�yinga juda ham usta, shuning uchun pulni ham juda ko�p topadilar… Benning aytishicha, har kuni bir dollardan pul topar emishlar. Menga qara, Bekki, seni unashganlarmi?

– Bu nima deganing?

– Shuni ham bilmaysanmi, erga tegish uchun biror kishiga unashib qo�yganlarmi demoqchiman.

– Yo�q.

– Sen shuni xohlar edingmi?

– Bilmadim, qanday bo�ladi bu o�zi?

– Qanday bo�lar edi! Sen bir bolani yaxshi ko�rasan-da, men hech vaqt shu boladan boshqa kishiga tegmayman, deysan. Keyin uni o�pasan. Vassalom. Buni har kim ham qila oladi-ku.

– O�pasan deysanmi? O�pishning nima keragi bor?

– Nima keragi bor, chunki… Chunki u yaxshi bo�ladi… Hamma ham shunday qiladi.

– Hamma-a?

– Ha, bir-birlarini sevgan kishilarning hammasi ham shunday qiladilar. Mening taxtaga yozib senga ko�rsatgan so�zlarim esingdami?

– Ha, esimda…

– Xo�sh, o�sha nima edi?

– Aytmayman.

– Balki, men aytsam bo�lar?

– Ha, sen aytsang bo�ladi… Faqat hozir emas, boshqa vaqtda.

– Yo�q, hozir aytaman.

– Yo�q, hozir emas, yaxshisi ertaga.

– Yo�q, yo�q, Bekki, hozir. Sekingina qulog�ingga aytaman.

Tom, Bekkining ikkilanib turganligini ko�rib, uning indamay turishini rozilik alomatiga yo�ydi, belidan quchoqladi va og�zini uning qulog�iga qo�yib, o�sha so�zlarni takrorladi. Keyin qizga qarab:

– Endi sen ham menga shunday deb ayt, – dedi.

Qiz ancha vaqtgacha yo�q, yo�q, deb turdi-da, keyin Tomga qarab:

– Bo�lmasa sen teskari qarab tur, Faqat sen buni hech kimga og�zingdan chiqarmaysan-a, durustmi, Tom? Hech kim bilmasin. Hech kimga aytmaysanmi?

– Yo�q, yo�q, hech kimga aytmayman, xotirjam bo�l. Qani, Bekki, aytasanmi endi?

Tom teskari qarab turdi, Bekki esa uyalib:

– Men… sizni… sevaman! – dedi.

Shundan keyin o�rnidan irg�ib turdi-da, Tomdan qochib, stol va kursilar atrofida yugura boshladi. Tom esa uning orqasidan quvlab yurdi. Oxiri, qiz burchakka borib qisilib, yuzini oq fartugi bilan bekitib oldi. Tom qizning yelkasidan ushlab, unga gap uqdira boshladi.




Конец ознакомительного фрагмента.


Текст предоставлен ООО «ЛитРес».

Прочитайте эту книгу целиком, купив полную легальную версию (https://www.litres.ru/pages/biblio_book/?art=69151204) на ЛитРес.

Безопасно оплатить книгу можно банковской картой Visa, MasterCard, Maestro, со счета мобильного телефона, с платежного терминала, в салоне МТС или Связной, через PayPal, WebMoney, Яндекс.Деньги, QIWI Кошелек, бонусными картами или другим удобным Вам способом.



notes



1


Kampir Tavrotni muqaddas kitob deb biladi.




2


Amerikaliklar o�zlarining kichik shaharchalarini poytaxtlarning ulug� nomlari bilan atashni yaxshi ko�rardilar. Ularda bir necha Parij, uch to�rtta Quddus, Stambul bor va hokazo. Bu kitobda tasvir etilgan shaharchani ular o�sha vaqtdagi Rossiya imperiyasi poytaxtining nomi bilan ataganlar.




3


Yard – inglizcha so�z bo�lib, uzunlik o�lchovi demakdir; u 0,91 metrga baravar.




4


Mulatlar – negrlar bilan oqlardan tug�ilgan odamlar.




5


Sent – yigirma besh tiyin.




6


Lakritsa – eshak miya o�tidan ishlangan chuchmal-shirin tamli dorivor.




7


Haqiqatan esa, Tavrot rivoyatiga ko�ra, David podshoh, Goliaf – pahlavon ekan. Isoning dastlabki shogirdlarini Tavrot Pyotr va Andrey deb ataydi.




8


Amerika parlamenti.



Если текст книги отсутствует, перейдите по ссылке

Возможные причины отсутствия книги:
1. Книга снята с продаж по просьбе правообладателя
2. Книга ещё не поступила в продажу и пока недоступна для чтения

Навигация